Breaking News

162 yo'lovchi va ekipaj mingan samolyot Indoneziya uzra yo'qoldi

AirAsia samolyotida yaqinlari bo'lgan odamlar. Surabaya, Indoneziya.
AirAsia samolyotida yaqinlari bo'lgan odamlar. Surabaya, Indoneziya.

162 yo'lovchi va ekipaj a'zolarini olib ketayotgan samolyot Indoneziya uzra bedarak ketgan. "AirAsia" kompaniyasi samolyoti Indoneziyaning Surabaya shahridan Sumatraga uchayotgan bo'lgan.

Indoneziya rasmiylari laynerni qidirish ishlari davom etayapti, deydi. Halokat ob-havo yomonlashgani bois ro'y bergani taxmin qilinadi.

Arzon chiptalar taklif qiluvchi bu havo yo'llari layneri bugun ertalab havoga ko'tarilgan. Tonggi soat 7 yarimda samolyot bilan aloqa uzilgan. Voqeadan sal oldin uchuvchi ob-havo yomonlashganini aytgan; u quyuq bulutlar va shamoldan xavfsizroq joyga pastlash uchun ruxsat so'ragani ma'lum.

Singapur va Malayziya qidiruv-qutqaruv ishlarida yordam berayapti.

"AirAsia" havo yo'llarining bildirishicha, Aerobus bortida indoneziyalik 149 yo'lovchi, janubiy koreyalik uch fuqaro, shuningdek, Singapur, Malayziya va Britaniya fuqarolari bo'lgan. Ekipaj tarkibida indoneziyalik olti shaxs va fransuz uchuvchi bo'lgani ma'lum.

"AirAsia"ning qarorgohi Malayziyada joylashgan.

Bu - joriy yil ro'y bergan, Malayziyaga aloqador uchinchi avia-halokat. Mart oyida Kuala-Lumpurdan Pekinga ketayotgan yo'lovchi samolyoti g'oyib bo'lgan,uning bortida 239 odam bor edi.

Iyul oyida Ukraina sharqida Malayziyaga qarashli yana bir samolyot - 298 yo'lovchi va ekipaj a'zolari mingan Boingni isyonchilar urib tushirgan edi.

AirAsia yo'lovchi samolyoti bedarak ketdi

"AirAsia" samolyotida qarindoshi bo'lgan fuqarolar. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
1/10 "AirAsia" samolyotida qarindoshi bo'lgan fuqarolar. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Aeroport rasmiysi xaritada samolyot yo'qolgan manzilni tekshirayapti. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
2/10 Aeroport rasmiysi xaritada samolyot yo'qolgan manzilni tekshirayapti. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Singapur, 28-dekabr, 2014-yil.
3/10 Singapur, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Bedarak ketgan samolyot yo'lovchilarining yaqinlari Singapurdagi aeroportda. 28-dekabr, 2014-yil.
4/10 Bedarak ketgan samolyot yo'lovchilarining yaqinlari Singapurdagi aeroportda. 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
"AirAsia" samolyotida qarindoshi bo'lgan fuqarolar. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
5/10 "AirAsia" samolyotida qarindoshi bo'lgan fuqarolar. Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
6/10 Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
7/10 Surabaya, Indoneziya, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Mart oyida g'oyib bo'lgan Malayziya samolyotida yaqinidan ayrilgan Jian Xuy "AirAsia" haqidagi xabarlarni ko'rayapti. Pekin, Xitoy, 28-dekabr, 2014-yil.
8/10 Mart oyida g'oyib bo'lgan Malayziya samolyotida yaqinidan ayrilgan Jian Xuy "AirAsia" haqidagi xabarlarni ko'rayapti. Pekin, Xitoy, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Qutqaruvchilar "AirAsia" samolyotini qidirishga otlanayapti. G'arbiy Kalimantan, 28-dekabr, 2014-yil.
9/10 Qutqaruvchilar "AirAsia" samolyotini qidirishga otlanayapti. G'arbiy Kalimantan, 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Surabayadagi aeroportda yo'lovchilarning yaqinlari xabar kutayapti. 28-dekabr, 2014-yil.
10/10 Surabayadagi aeroportda yo'lovchilarning yaqinlari xabar kutayapti. 28-dekabr, 2014-yil.
To'liq holda ko'ring Show less
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG