Breaking News

Vashingtonda Amerika bayrog’iga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi


Amerika bayrog'i ko'rgazmasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Vashingtonda Amerika bayrog’iga bag’ishlangan yangi ko’rgazma ochildi. Unda davlat ramziga tarixiy va zamonaviy san’at nuqtai nazari bilan yondashilgan.

“Yulduzlar va chiziqlar: zamonaviy san’atda Amerika bayrog’i” deb nomlangan ko’rgazmada ko’plab rassom va san’at ustalari ishlagan rang-barang shakldagi bayroqlar ishtirok etmoqda.

Ko’rgazmani tashkil etishda Margeri Goldberg bosh-qosh bo’ldi.

“Menga Gevin Sevelning ishi juda yoqadi. O’ziga xos, uch o’lchamli san’at asari. Mark Deli va Skot Roystonlarning realizmga asoslangan asarlari ham ajoyib. Anita Kunz Amerika bayrog’i bilan turgan Mona Lizani chizgan. Keys Norval asari esa yumorga yo’g’rilgan. Bularning har biri mavzuga o’ziga xos qarash olib kirgan”, - deydi ko’rgazma tashkilotchisi.

Urush veterani Laura Teylor uchun mavzu shaxsiy ahamiyatga ega.

“Turli xil veteralar bilan ko’p ishlaganman. Men uchun, missiyam uchun ularga yaxshiliklarini qaytarish juda muhim, xuddi ular menga ko’p narsa berganidek”, - deydi u.

Rassom Kesrin Ouens ham shaxsiy hayotdan ilhom olgan.

“Qo’shnim Sem va uning rafiqasi Nikol urush veteranlari. Sem Afg’onistonda ham bo’lgan. Undan oyoq kiyimlaringdan foydalanib san’at asari yaratsam maylimi, deb so’radim. U rozi bo’ldi. Chizayotganimda uyga kelib ishning ketishini kuzatib turdi. U menga qarab, Kesrin, Iroqdaligimda oyoq kiyimim xuddi shunday bo’lgan, hamma yog’ida shunaqa qum zarralari bo’lardi, dedi. Har safar shu hikoyani so’zlasam, titrab ketaman, ko’zlarimga yosh keladi”, - deydi rassom.

Ko’rgazmada ko’tarinki ruh va vatanparvarlik asosiy mavzu bo’lishiga qaramay, ayrim asarlarda Amerikaning qora kunlari ham ifodalangan.

“Amerikaning eng yaxshi taraflari va g’oyalarining nozik muvazanati bor bu yerda. Shunga qaramay, rassomlar tariximizda biz shu qadriyatlarni saqlay olmagan lahzalarni aks ettirish erkinligiga ham ega”, - deydi Stiven Shor.

Herri Vingo esa asarlarda faqat yaxshilikni ko’radi.

“Qachon Amerika bayrog’iga tikilsam, ko’nglim quvnaydi. Vashingtonda bu ko’rgazmani ochganimizdan juda xursandman va faxrlanaman”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG