Breaking News

AQShda bayroq yoqish jinoyat emas, lekin qarshilik kuchli


AQSh Oliy sudi so’z erkinligiga oid tarixiy hukm chiqarganiga chorak asr bo’ldi. Davlat bayrog’ini yoqish jinoyat emas. Fuqaro o’z noroziligini shu yo’l bilan bildirishga haqli va konstitutsiya buni kafolatlaydi. 1989-yilda mamlakat bo’ylab keng muhokama qilingan bu masala hamon dolzarbligini yo’qotmagan.

AQSh bayrog'ini yoqish jinoyat emas, lekin qarshilik kuchli - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00
Yuklab oling


Yurt bayrog’i yonayotgani etni jimirlatadi.

Amerikada bayroq yoqish yillar davomida urushga qarshi namoyishlarning bir qismi bo’lgan, kattayu-kichik guruhlar tomonidan.

Lekin davlat timsolini yo’q qilish jinoyatdir deya bu amaliyotni ta’qiqlash talabi bilan chiqqan tashkilotlar ko’p bo’lgan va bu fikr hamon olg’a suriladi. Ayrim shtatlar bu borada qonunlarga ega. Oliy sud nazarida esa bayroq yoqish norozilikning bir ko’rinishi.

“Konstitutsiyamizga ko’ra, boshqa odam nuqtai nazarini yoqtirmasangiz ham, unga o’z fikrini bildirishni taqiqlay olmaysiz”,- deydi Elliot Minkberg, huquq faoli.

25 yil o’tib ham bayroqni himoyalash kerak, deganlar kam emas, ayniqsa urush faxriylari orasida. Ular uchun bayroq – Amerika demokratiyasi siymosi.

Iste’fodagi serjant Luis Chelli “Amerika legioni” faxriylar tashkiloti a’zosi.

“AQSh bayrog’i shunchaki mato parchasi emas. U qurbon bo’lgan askarlarimiz timsolidir. Xalqimiz 200 yildan oshiq davr ichida yuzlashgan qiyinchiliklar va erishgan yutuqlar timsolidir,” - deydi u.

Chelli singari veteranlar Kongress bosh qomusga o’zgartirish kiritib, bayroqni himoyalaydi, degan umidda.

“Bu masalada nafaqat urush faxriylari ovoz beradi, balki Amerika xalqi ham. Xalq haqida gapirdigan bo’lsak, fuqarolarimiz bu taklifni doimo qo’llab-quvvatlab keladi”.

2001-yil 11-sentabr kungi terror xurujlaridan keyin amerikaliklar orasida bayroqqa hurmat oshdi.

Ammo Elliot Minkberg kabi so’z erkinligi himoyachilari bayroqni yoqish erkinligi saqlanib qolganiga urg’u beradi.

“Konstitutsiyamiz fuqarolarning o’zgacha fikr bildirish, tinch yo’l bilan namoyish qilish huquqlarini va hatto undan-da kattaroq ahamiyatga ega belgi va timsollarni himoyalaydi. Shu tariqa biz vatanda va butun dunyoda erkinlikni targ’ib qilamiz,” - deydi u.

Bu erkinlik federal qonunlarda muhrlangan, ammo bahs-munozara tinmaydi.

AQShda bayroq yoqish jinoyat emas - US Flag Burning
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG