Breaking News

Saylov: Osiyolik saylovchilarga xushomad qilish qiyin


Saylov-2016: Osiyoliklar ovozi muhim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00

Saylov-2016: Osiyoliklar ovozi muhim

Kelasi chorak asrda Amerikada osiyolik elektorat kamida ikki karra oshadi. 2040-yilga borib, har 10 amerikalikdan biri osiyolik bo’ladi. Lekin siyosatchilar bu jamoaga ko’p ham xushomad qilmayapti. Chunki AQShdagi boshqa immigrant jamoalardan farqli bu guruhga mulozamat qilish qiyin.

Saylov-2016: Osiyolik saylovchilar ko'ngliga yo'l topish oson emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Aksariyat ota-onalar bolalaridan hayotning qiyinchiliklarini yashiradi. Lekin Xyu Traning otasi boshqacha edi.

“Uxlashga yotishdan oldin ertak aytmas edilar. Urush, urushning asoratlari haqida gapirib berar edilar”, - deydi u.

Vyetnam urushida omon qolgan va bu haqda lom-mim demaydigan ko’plardan farqli ravishda Traning otasi o’g’lidan hech narsani yashirmadi.

“Urushda boy berganlari, yo’qotgan qadrdonlari… Otamning murakkab hayoti mening dunyoqarashimni shakllantirdi”, - deydi Tra.

Oilaviy xotiralar va 11-sentabrda terrorchilar sodir etgan xuruj Trani siyosiy jihatdan faol bo’lishga undadi.

“Tashqi siyosatga juda qiziqaman. Amerika hukumatining qarorlarini diqqat bilan kuzataman. Davlatimiz boshqa yurt tarixi va madaniyatini inobatga olib, keyin harbiy qarorlar qabul qilishini xohlar edim”, - deydi u.

Amerikada Tra kabi siyosiy jihatdan faol osiyoliklar soni ko’payib borayapti.

“2002 va 2012-yillar orasida saylovda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tgan osiyoliklar 60 foizga ko’paygan. Bu holni nafaqat Kaliforniya va Nyu-Yorkda, balki janubiy va g’arbiy shtatlarda ham kuzatish mumkin. Xullas, osiyolik saylovchilar katta jamoa”, - deydi faol Den Ichinos.

Osiyolik jamoalar madaniyat, til va e’tiqod jihatdan boy. Natijada ularning siyosiy qarashlari ham xilma-xil. Qariyb yarmi biror partiyaga aloqador emas.

“Biror partiya osiyolik muhojirlarni o’ziga og’dirish uchun yetarlicha harakat qilmadi, menimcha. Ham demokrat, ham respublikachilar dadilroq bo’lishi kerak”, - deydi Xyu Tra.

Lekin mazkur immigrantlar e’tiborini qozonish uchun ularning tilida so’zlay olish kerak. Bu ish esa osiyolik fuqaro huquqlari tashkilotlari zimmasiga tushmoqda.

Tra uchun har bir nomzodning qarashlari muhim.

“I think I try not to be as dogmatic about my approach and understanding things.I think that can be very problematic, right? We got to be pragmatic about how we solve certain problems and look at a wider lens to understand everything before we make a final decision.”

Tra, xususan, prezidentlikka nomzodlar immigratsiya va yo’qsillik kabi muammolar yechimi uchun nimalarni olg’a surayotganini kuzatayapti. Hozircha demokratlardan Berni Sandersga yon bosmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG