Breaking News

Amerikada xonandalarning yangi avlodi - osiyoliklar


Amerikada yulduzlarning yangi avlodi/Asian Americans
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Amerikada yulduzlarning yangi avlodi/Asian Americans

So’nggi yillarda Amerika kino, radio va televideniyesida osiyolik yosh xonandalar ijodi tez-tez tilga olinmoqda.

Osiyolik-amerikalik yosh xonandalar/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
Yuklab oling

Ayniqsa, internetda, YouTube saytida bu san’atkorlarga qiziqish katta. Ularni tinglashadi, taqlid qilishadi.

Klara Chang musiqaga ixlos qo’ygan.

Bu bilan jiddiy shug’ullanishni o’ylamagan edi, lekin kuyini internetga joyladiyu hammasi o’zgardi:

“Kasbiy faoliyatimda burilish qilgan internet. Bugun ham global tarmoqsiz ishim bitmaydi. Dunyoga tanitdi meni”.

Koreys-amerikalik mustaqil ijodkorni “Klara Si” nomi ostida bilishadi. Dunyoning har xil burchagida muxlisi bor.

“Yaponiya, Avstraliyada odamlar tomosha qilishadi. Yevropada ko’rayotgan bor. YouTube saytining sharofati bilan Fransiya, Germaniya, Singapurda ham qo’shiqlarimni xirgoyi qilishar ekan”, - deydi Klara.

Oxirgi bir necha yilda Klara Si va osiyolik-amerikalik boshqa yosh san’atkorlar internetni gullatayapti.

Juli Zan ijod ahli haqida hujjatli film muallifi:

“Televideniyeda bir-ikki aktyor va aktrisani hisobga olmasak, osiyolik-amerikaliklar yo’q. Borini ham faqat eski qolipdagi rollarga taklif qilishadi”.

YouTube sayti ularga juda qo’l keldi, deydi Bart Kvan va Jo Jo, xususiy kinostudiya asoschilari:

“Kliplarni o’zimiz ishlaymiz, mazmun-ma’no haqiqatga yaqin. Gollivud tamg’asi yo’q”.

Kvan va Jo komediya janrida filmlar ishlaydi. Har xil qarashlarni aks ettirishga harakat qiladi.

“Ommaviy axborot vositalari sal kengroq fikrlasa… Osiyolik repperlar kam emas, masalan. Bizni faqat shifokor, muhojir rollariga taklif qilishadi. Bir necha avlodi Amerikada yashayotgan osiyoliklar kammi?” – deydi Kvan

Zanning aytishicha, yYouTubeda nom qozongan xonandalar, iste’dod sohiblari, asosan, Los-Anjelesda yashab ijod qiladi.

Shu bois aka-uka Fung Los-Anjelesga ko’chdi.

Komediyalarni suratga olib, ularni YouTube ga joyladi va bir yil o’tar-o’tmas, xitoylik-amerikalik bu talantli jamoani katta paradga taklif qilishdi. Yosh film ustalariga qiziqish baland. Guruh tarkibidagilar 20-30 yoshlar atrofida, qizlar va yigitlar.

“YouTube dan oldin osiyolik-amerikaliklar haqida unchayam tasavvur yo’q edi”, - deydi Fang.

Bugun ularning internetdagi ijodi daromad keltira boshlagan. Bu esa ko’proq imkoniyat, izlanish va rivojlanish uchun yanayam yaxshi muhit bor degani.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG