Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 1-avgust, 2024

1
Hindistonning Kerala shtatida yuz bergan toshqin va ko'chki qurbonlari soni 194 kishiga yetdi. Uch kundan beri davom etayotgan qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida bedarak yo'qolganlarni topish umidi so'nmoqda.

2
AQSh rahbari Jo Bayden 1-avgust kuni bergan bayonotga ko’ra, Moskva bilan o’zaro mahkumlar almashinuvi jarayonlari boshlangan. Tarixiy kelishuvga ko’ra, amerikalik jurnalistlar Evan Gershkovich va Alsu Kurmasheva, sobiq harbiy Pol Vilan hamda AQShning doimiy rezidentlik maqomiga ega Vladimir Kara-Murza ozod etilib, o’z oilalari bag’riga qaytarilmoqda.

3
Polsha poytaxtida fashistlar Germaniyasiga qarshi isyonning 80 yilligi nishonlandi

4
Parij-2024: Germaniya, Britaniya va Niderlandiya jamoalarining sovrindorlari