Breaking News

Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi


Bahraynda muxolifat namoyishlarda o'lganlarni xotirlamoqda
Bahraynda muxolifat namoyishlarda o'lganlarni xotirlamoqda

2011-yilning 14-fevralida Bahraynda misli ko'rilmagan qo'zg'olon boshlangan edi. Hozirga kelib xavsizlik kuchlari va isyonchilar orasidagi to’qnashuvlar jiddiy tus olgan. 1,3 millionga yaqin aholiga ega qirollikda diniy tarqoqlik ham kuchaygan.

Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bugun muxolifat bir yil avval norozilik chiqishlari boshlangan joy – poytaxt Manamadagi Marvarid xalqa yo’lida katta yig’in uyushtirdi.

Hozirda hudud kirish taqiqlangan harbiy zonaga aylantirilgan. Yakshanba kungi urinish ish bermay, politsiya ko’zdan yosh chiqaradigan gaz yordamida odamlarni haydadi.

So’nggi haftalarda poytaxt va tevarakda zo’ravonlik hollari ko’paydi. Faollar askarlarni toshbo’ron qilib, yo’llarni to’sgan mashinalarni yoqishga urindi.

Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Hukumat qatorida asosiy muxolif partiya, al-Vafaq zo’ravonliklarni qoralab chiqdi.

Namoyishchilar o’zagini sunniylarning ko’p yillik hukmronligidan charchagan shialar tashkil etadi. Ular aholining uchdan ikki qismini tashkil etsa-da, yillar davomida siyosatdan chetlatilgan. Hokimiyatda asosiy lavozimlar sunniylar qo’lida.

Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bahrayn Ma’lumot va aloqa vazirligining xalqaro matbuot bo’yicha maslahatchisi Abdulaziz bin Muborak al-Xalifa ikki mazhab orasidagi tafovut chuqurlashmoqda, deydi.

”Sunniylarning yangi siyosiy uyushmasi vujudga keldi. Ular juda tanqidiy qarashlarga ega. Endilikda mamlakatda ikkita asosiy siyosiy kuch bor”,- deydi maslahatchi.

Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Bahraynda tuzumga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi
Sunniylarning shialarga munosabati qandayligini poytaxt Manamaning mana bu fuqarosi so’zlaridan tushunish mumkin:

”Biz ular bilan boshqa yashashni, yonma-yon o’tirishni xohlamaymiz. Ular bilan ishlagimiz ham yo’q”.

Tahlilchilar fikricha, islohotlar amalga oshirilmas ekan, mazhablararo kelishmovchilik kuchayaveradi.

Noyabr oyida Bahrayn mustaqil komissiyasi hukumatga milliy birdamlikni tiklash uchun tavsiya bergan edi.

Biroq rahbariyat hech narsa qilmadi, vaqt boy berildi, deydi Londondan ekspert Kristian Kouts-Ulrixsen.

”Endi esa Bahraynda shunday xavfli vaziyatki, mojaroni tez orada hal etish imkoni qolmadi. Fikrimcha, yaqin kelajakda hukumat hech qanday jiddiy islohotni amalga oshirmaydi”,- deydi u.

Bahrayn Vashingtonning strategik hamkori. Mamlakatda AQSh qo’shinlari joylashtirilgan.

O’tgan hafta Manamada bo’lgan AQSh Davlat kotibi muovini Maykl Pozner hamkorlik Vashington uchun muhim, deya qayd etdi. U, shuningdek, taraflarni bir-biriga hurmat bilan yondashishga chaqirdi:

“Biz Bahrayn fuqarolarini zo’ravonliklarga qo’shilmaslikka chaqiramiz. Rahbariyatni esa xalqqa tinch namoyishlar o’tkazish va siyosiy qarashlarini erkin ifoda etish imkonini berishga da’vat etamiz”,- deydi Pozner.

Inson huquqlari tashkilotlari hisobicha, so’nggi bir yilda hukumatning muxolifatga qarshi harakatlari natijasida 60 dan ziyod odam nobud bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG