Breaking News

Bayden Atlantaga borib, osiyolik amerikaliklarga tasalli berdi


Bayden va Harris Atlantada
Bayden va Harris Atlantada

Prezident Jo Bayden Jorjiya shtatining Atlanta shahrida osiyolik jamoa rahbarlari bilan uchrashib, 16-mart kuni shahardagi uchta massaj salonidagi otishmalarni qoraladi. 21 yashar oq tanli bir odam sakkiz kishini, jumladan osiyolik olti ayolni o’ldirgan.

Xalqaro hayot – 22-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

Bayden bilan birga Atlantaga vitse-prezident Kamala Harris ham safar qildi.

“Ularga hujum qilishdi, ularni ayblashdi, kamsitishdi, so’kishdi, so’ng ularni o’ldirishdi. Osiyolik amerikaliklarga qarshi qayd etilgan xurujlar so’nggi bir yilda keskin ko’paydi. Xabar qilinmagan hujumlar yana qancha”, - dedi Bayden.

Hujum ortida irqiy, diniy yoki jinsiy adovat borligini isbotlash doim ham oson emas, biroq bunday hujumlarning barchasini adovat jinoyati deb tamg’alash qonuniy tomondan to’g’ri bo’ladi, deydi ekspertlar.

“Bunday qonunning borligi oq tanli bo’lmagan, jinsiy oriyentatsiyasi o’zgacha bo’lgan odamlarga tasalli beradi. Bu qonunni zarur bo’lganda amalda qo’llash ham juda muhim”, - deydi jorjiyalik sobiq prokuror Byun Pak.

Amerikada osiyoliklarga qarshi irqchilikning o’ziga yarasha tarixi bor. 1941-yilda Yaponiya Pyorl Xarborga hujum qilishi ketidan AQSh hukumati Amerikadagi barcha yaponlarni lagerlarga qamab qo’yishni buyurgan edi.

Atlantadagi otishmaga qo’l urgan Robert Aaron Long ismli odam sakkiz modda bo’yicha qotillikda ayblanishdan tashqari adovat jinoyatida ham ayblanishi mumkin.

Prezident Bayden Kongressdan pandemiya paytida adovatga asoslangan jinoyatlarga doir qonun loyihasini ma’qullashni so’ramoqda. Shunda, deydi u, federal, shtat va mahalliy darajalarda bunday jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning oldini olish osonroq bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG