Breaking News

Bayden Balida Si Zinpin bilan Tayvan taqdirini muhokama qilmoqchi


Oq uy rasmiylaridan birining aytishicha, AQSh Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta Indoneziyaning Bali orolida bo’ladigan “Katta Yigirmalik” sammitida Xitoy rahbari Si Zinpin bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalar, Tayvan, inson huquqlari mavzsuda gaplashmoqchi.

Xalqaro hayot - 11-noyabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:59 0:00

Xitoy hukumati Sining sammitga borishini hozircha tasdiqlamagan.

Oktabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasining 20-qurultoyida so’zlagan rahbarning aytishicha, Pekin Tayvanni o’z hududi deb biladi va uni o’ziga qo’shib olish uchun zarur bo’lsa harbiy kuch ishlatishga ham tayyor.

Baydenning shu hafta aytishicha, AQSh Tayvanning Xitoyga qo’shib olinishiga rozi bo’lmaydi va u Jakartada bu masalada Si bilan kelishib olmoqchi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jao Litzyanga ko’ra, Vashington “yaxlit Xitoy” siyosatini buzishga harakat qilyapti va bunday harakatlarni bas qilishi zarur.

AQSh bu orol davlatni qurol bilan ta’minlab, Xitoy bilan urushga hozirlamoqda. 2017-yildan beri Tayvanga ko’rsatilgan harbiy yordam 20 milliard dollardan oshgan.

Bu o'rtada AQSh Harbiy-havo kuchlari shtabi rahbari general Charlz Braunning aytishicha, Qo’shma Shtatlar harbiy sohada Xitoy va Rossiyadan ustun bo’lishni istasa, quroll kuchlarini isloh qilishi zarur.

Unga ko’ra, AQSh Afg’oniston va Yaqin Sharqda diniy ekstremistlarga qarshi kurashayotgan bir paytda Xitoy va Rossiya harbiy qudratini oshirishga zo’r berdi.

Rossiya hozir Ukrainada urush qilyapti, Xitoy esa Tayvanni bosib olishni o’ylayapti. Pentagon Pekinni Amerika uchun kattaroq tahdid deb biladi.

“Raqiblarimiz harbiy salohiyatini oshirar ekan, biz 30 yildan beri rivojlanganimiz yo’q. U paytdagi tahdidlar darajasi kelajakdagi tahdidlar darajasidan farq qiladi. Islohotlarga ehtiyojimiz bor”, - deydi general.

Xitoy harbiylari son jihatdan Amerikanikidan ustun bo’lib, so’nggi yillarda qurollarini zamonaviylashtirgan, bir nechta avianosets, samolyotlar, raketalar yaratgan.

Xitoy 2022-yilda harbiy sarfiyatlar uchun 250 milliard dollar sarfladi, AQShning harbiy xarajatlari esa bundan salkam 8 karra ko’p bo’lgan. Shunga qaramay Rossiya va Xitoy gipertovushli raketalarni yaratishga muvaffaq bo’ldi, AQShda esa bu ish hali ham sinov bosqichida.

Vashingtonlik tahlilchi Bredli Baumanning aytishicha, Xitoyning harbiy modernizatsiyasi AQShni Sharqiy Osiyoda yengishga qaratilgan. Tayvan uchun urush boshlansa, Xitoy uni zabt etishga, AQSh esa himoya qilishga harakat qiladi.

“Xitoy harbiy salohiyati ayrim sohada biznikidan yaxshiroq. Amerikaning Tinch okeanidagi harbiy qudrati so’ngan. Bu masalada Xitoy tez yugurib ketayotgan, biz esa mudrayotgandekmiz”, - deydi ekspert.

Kelasi oy AQSh Harbiy-havo kuchlari B-21 yangi stels bombardimonchi samolyotini taqdim etmoqchi. U 1980-yillardan beri ishlatilayotgan B-1 va B-2 samolyotlarining o’rnini bosadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG