Amerikaning Boston shahri 2024-yilda Yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik uchun kurashadi.
AQSh Olimpiya qo'mitasi payshanba kuni Denverda maslahat o'tkazib, Boston, Los-Anjeles, San-Fransisko va Vashington shaharlaridan nihoyat Bostonni tanlagan.
Shahar avval Olimpiya musobaqalariga mezbon bo'lgan emas.
Amerika 20 yildirki, Yozgi olimpiya o'yinlarini qabul qilmagan. 1996-yilda Atlanta xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilgan edi.
Endi Boston Rim, Berlin, Parij kabilar bilan bellashishi kerak bo'ladi. Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tugal xulosani 2017-yilda ma'lum qiladi.