Breaking News

Samolyot bilan arqon tortishishga chiqqan amerikaliklar


Samolyot trassalariga chiqish odatda yo’lovchilar uchun yopiq. Biroq har yili Vashington Dalles aeroportida o’tadigan festivalda tumonat odam to’planadi.

Vashington xalqaro aeroportidagi yillik xayriya tadbiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

Yuzlab odam Vashington yaqinidagi Dalles xalqaro aeroportida. Ular arqon tortishga chiqqan. Jamoalar yo’lovchi samolyot bilan kuch sinashmoqda.

Har yili o’tkaziladigan bu festivaldan maqsad imkoniyati cheklangan sportchilar uchun mablag’ to’plash.

Ishtirokchilar yetti metrli Boing 757 samolyotini yetti metrgacha sudrab borishi kerak. Eng qisqa vaqt ichida marraga yetgan jamoa g’olib bo’ladi.

“Samolyot tortishni 1992-yilda boshlaganmiz, 27 yil bo’ldi. Dunyo bo’ylab birinchilardanmiz”,- deydi aeroport menejeri Mayk Syuart.

Virjiniyadagi maxsus olimpiada imkoniyati cheklanganlar bilan ishlaydi, ularning treningdan o’tishiga ko’maklashadi.

Hamma imkoni boricha hissa qo’shdi. Mahalliy politsiyadan tortib aeroport rasmiylarigacha shu yerda.

“12-15 minglab odam qatnashadigan, zavq oladigan festival bu. Hozircha 415 ming dollar to’plandi deb e’lon qilishdi. Kun oxirigacha yana ortsa kerak. Aeroportning ichida ham qancha o’yinlar bo’lyapti. To’plangan mablag’ Virjiniya bo’ylab 25 ming nafar imkoniyati cheklangan sportchilar uchun sarflanadi”, - deydi Virjiniya maxsus olimpiadasi prezidenti Rik Jeffri.

Musobaqada 70 dan ortiq jamoa qatnashdi. Ishtirokchilarning yoshi, kelib chiqishi, sohasi turlicha. Bankir ham bor, o’qituvchi, kursant, duradgor ham.

“Bu ham bir tajriba. Birinchi marta keldim. Savob qilib odamning ko’ngli to’larkan. Jamoamiz bilan kelganmiz, kuchga to’lib turibmiz”, - deydi bankir Tivi Deyn.

Paralimpiyachi sportchilardan iborat jamoa ham samolyot tortishga tushib ketdi.

Dani Moralez tajribali sportchi. Arqon tortish uning uchun muammo emas.

“Zavq olyapman. Qarang, ikki samolyotni tortdik. Birini 10 sekundda, ikkinchisini 8 sekungda siljitdik. O’zimda yengilmas bir kuch his qilyapman”, - deydi u.

2018-yil o’tgan arqon tortishish festivalida ikki million dollar yig’ilgan edi. Tashkilotchilar bu yil yanada ko’proq mablag’ to’planishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG