Breaking News

Chikagoda o'zbeklar davrasida


Chikagoda o'zbeklar davrasida/Uzbeks of Chicago
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:16 0:00
Yuklab oling

Chikagodagi o'zbeklar bilan muloqot/Uzbeks of Chicago

Amerikaning yirik biznes va moliya markazi bo’lmish Chikago va uning atrofida taxminan 400 o’zbek oila yashaydi. Ilm olib oyoqqa turishga harakat qilayotgan, turli sohalarni egallab, kichik va yirik sanoatlarda, kompaniya va firmalarda ishlayotgan, bu yerda tirikchilik qilib vatandagi yaqinlariga yordam berayotgan, orzu-havasga to’la yoshlar ham ko’p.

Chikagodagi O’zbek-Amerika jamiyati tashkil etgan saylda ular bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga muyassar bo’ldik.

O’zbeklar yig’ildimi, bilasiz, dasturxon yoziladi, osh damlanadi, kabob, somsa, patir va boshqa taomu-noz-ne’matlar tortiladi. Muhojirlar uchun bu nafaqat o’ziga xos ziyofat balki bir-birini tanish, hol-ahvol so’rab ruhan quvvatlash, dardlashish, birgalikda hordiq chiqarish demakdir.

Amerikada tug’ilgan bolalarning tili inglizchada chiqadi. Bu jamiyatning asosiy tili shu ekan, na iloj. Lekin ota-onalar ular o’zbek ekanini unutmasin deydi. Mana shunday yig’inlar yosh avlodni ko’proq o’zbekcha gapirishga o’rgatadi. Biz bilan so’zlashgan yosh onalardan biri Amerikada besh yildan beri yashayotgan ekan. O’zbeklar bir-biri bilan inoq, deydi u.

Amerika hayoti tabiatan faol bo’lishni talab qiladi. Har bir daqiqa g’animat. Yetti o’lchab bir kes deganlaridek, har bir qadamni o’ylab bosishga majbursiz. Dunyoqarashni keng qilish kerak. O’zingizni chetga olsangiz, nafaqat amerikaliklar balki yurtdoshlardan ham uzilib qolasiz.

Bolalar ona tilni o’rgansin deb O’zbekistondan adabiyotlar, video va boshqa vositalar olib kelishadi. Lekin yig’inlar va bu materiallarning o’zi yetmaydi. Vatan sog’inchi baribir boshqacha, deydi bu muhojirlar.

Amerika qaydasan deb kelganmisiz, demak, bu jamiyatga ham o’rganish kerak. Uning tilini, mentalitetini bilib, moslashish talab qilinadi, aks holda bu yerda tirikchilik qilish, yashash qiyin. Bu yosh ona fikricha bola boqish uchun ham avvalo til bilish kerak.



O’zbekistondan Chikagoda yashayotgan farzandlarini ko’rishga kelgan Muborak Kuchkarova O’zbek-Amerika Uyushmasi tashabbusidan bag’oyat mamnun.

“Grin karta” yutib Amerikaga kelganlar minglab sonni tashkil etadi. Yashash va ishlashga ruxsat beradigan bu hujjat muvaffaqqiyat kaliti emas. Yangi mamlakat, yangicha shart-sharoit, talab va tartib. Harakat qilmasangiz, hech kim sizga mana diplom, mana ish, mana pul deb qo’lingizga tutqazmaydi.

Chet elda yurgan farzandlarini sog’inib, kechalari mijja qoqmay jigarbandini o’ylab yurgan onalar ko’p. Diydor ko’rishib, bolalarning yangi hayotiga yaqindan guvoh bo’lish hammaga ham nasib etavermaydi.

“Grin karta”li o’g’lini ko’rishga kelgan onaxonlardan biri, Go'zal Abdurahimova fikricha xorijdagi o'zbeklar vatan va o'zlik tushunchasini yaxshiroq biladi.

Haqiqatdan ham vatan qadri musofirchilikda bilinadi. Yurt kezmagan kishi milliylik nima ekanini tushunishi qiyin.

Chikago va O'zbek-Amerika Jamiyati/Uzbeks of Chicago
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:49 0:00


Mehnatkash odam Amerikada yo’lini topib ketar ekan, deydi biz bilan gaplashgan muhojirlar. Yoshlar oldida cheksiz imkoniyatlar, lekin ularni topish, bellashish kerak. Tirishqoqlik – birinchi talab.



Ilhom Tursunov bakalavrlik va magistrlik darajasini bu yerda olib, yaxshi ish topish niyatida yuribdi. Amerikada o’qish minglab dollar qarzga botish degani, lekin bu yigit ham o’qib, ham ishlab ta’lim haqqini o’z vaqtida to’lab borayapti. Bu albatta oson emas. Yurtdoshlar bu boradagi tajribalari bilan o’rtoqlashadi, bir-biriga yordam beradi.

Ilhom ham ingliz tilini bilish qanchalik muhim ekanini eslatadi. Usiz imkoniyatlaringiz cheklangan.

Ikki yil oldin O’shdan kelgan Farrux Sodiqov ham orzu-umidga to’la. Muhandislikka o’qigan, endi esa biznes va boshqaruv sohasini egallamoqchi.

O’shlik o’zbeklar o’tgan yillar ichida ancha ko’paydi, deydi u. Kimdir ishlaydi, kimdir ilm olayapti. Yoshu-qari, baribir qiynalasiz.

O’shlik yoshlardan yana biri - Azizbek Davronov. Ogayo, Tennessi, Alabama shtatlarida ham yashagan. Bir yildan beri Illinois shtati, aynan Chikagoda ekan. Amerika hayoti qanchalik qiyin yoki oson bo’lishi o’zingizga bog’liq, deydi u.

Chet elda, xususan Amerikada yurgan yoshlar endi vatanga qaytmaydi, shuncha iste’dod va bilim, tajriba va maqsadlar bari o’zga yurtda deya afsuslanayotgan bo’lsangiz, bu yoshlar sizga o’zgacha umid bag’ishlaydi. Barining yuragida vatan sog’inchi, vatanga intilish, oilam-yaqinlarim deb yashayapti ular. Aziz, masalan, stomotolog bo’lmoqchi. Tibbiyot oliygohiga kirish uchun maxsus kurslarni tugatishi kerak. Murakkab bir jarayon va tanlovlardan o’tib, mablag’ jamg’arib, kelajak uchun poydevor qurmoqda. Amerikadagi imkoniyatlar va sehrli diyordagi hayot quvonchlari va tashvishlarini juda yaxshi biladi bu muhojirlar.

Chikagodan maxsus dastur/Amerika Manzaralari, 25-iyun/Exploring America, June 25, 2012, Chicago Special
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:27 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Izohlarni o'qing (4)

Mazkur forum yopiq.
XS
SM
MD
LG