Breaking News

AQShda yuzlab kompaniya xodimlarini ovoz berishga undamoqda


Saylovni targ’ib qilayotgan kompaniyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Amerikada yuzlab kompaniyalar aholini prezidentlik saylovlarida ovoz berishga undamoqda. 3-noyabrni dam olish kuni deb belgilagan, ishchilarini ro’yxatga olishga ko’maklashayotgan yoki saylov uchastkasiga yetkazib qo’yayotgan firmalar ko’p.

Saylovda ovoz berish – huquq va burch. AQShdagi yuzlab kompaniyalar rahbarlari o’z ishchilarini ovoz berish kabi fundamental huquqidan foydalanishga undayapti.

Yo ishga, yo saylovga borish kabi tanlov bilan yuzlashish to’g’ri emas, deydi “Patagonia” kompaniyasi so’zlovchisi J. J. Xaggins. Kiyim-kechak va sport anjomlari ishlab chiqaradigan bu kompaniyaning AQShda taxminan 2000 xizmatchisi bor.

2016-yilgi prezidentlik saylovida ularga pullik dam olish kuni berilgan edi.

“Bunday qarordan maqsad shu ediki, xizmatchilarimiz saylov kunida chiqib ovoz bersin. Bundan muhimi yo’q”, - deydi Xaggins.

“Patagonia” o’zini ijtimoiy o’zgarishlar qilishga bel bog’lagan kompaniya deb ta’riflaydi. AQShdagi saylovlarda ishtirokni oshirish uchun yana qariyb 600 biznes bilan hamkorlikda “Ovoz bering” degan tashabbus bilan chiqdi.

“Walmart”, “Target”, “Best Buy”, “Visa”, “Deloitte”, “JP Morgan Chase”, “Twitter”, “Uber”, “Lyft” – bu bizneslarda qancha odam ishlashini bir tasavvur qiling. Biz boshlagan tashabbus natija beradi deb o’ylaymiz”, - deydi J. J. Xaggins.

Amerikada saylovchilarning 35 foizi ovoz berishga chiqmasligi sababini ish jadvali bilan izohlar ekan, xususiy bizneslarning bunday tashabbuslari albatta muhim.

AQShda saylovlar azaldan haftaning seshanba kuni o’tkaziladi.

“Ishchilariga saylovda qatnashish imkoniyatini berishda kompaniyalarning roli muhim. Ular fuqaro faolligini oshirishda o’z brendi va platformasidan ham foydalanishi mumkin”, - “Vote.org” tashkilotidan deydi Nora Gilbert.

Ushbu tashkilot ovoz berishni osonlashtirish yo’lida kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

“Ish bilan bog’liq to’siqlarni olib tashlash, saylov haqida xodimlarga ma’lumot ulashish yo’nalishida ishlaymiz”, - deydi Gilbert.

“Facebook” kompaniyasi to’rt million odamga saylov uchun ro’yxatdan o’tishga yordamlashishini bildirdi.

“Registratsiya, pochta orqali va erta ovoz berish bo’yicha ma’lumot ulashamiz”, - deydi “Facebook” rahbari Mark Zukerberg.

“Uber” taksi xizmati esa o’z haydovchilariga 3-noyabrda dam olish kuni berishdan tashqari, ilovalari orqali saylov haqida ma’lumot tarqatish, saylovchilarni transport bilan ta’minlash va navbatda turganlarni ovqatlantirishni rejalamoqda.

Nora Gilbertning aytishicha, amerikaliklarni ovoz berishga undayotgan va buning uchun sharoit yaratib berayotgan sanoqsiz bizneslar borligi quvonarli.

“Oxirgi prezidentlik saylovida qatnashmagan 100 million fuqaro bu gal ovoz berishini istaymiz. Ishtirokka to’siq bo’layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish dolzarb vazifa. Bu ish kelasi 100 kunda bajarilishi kerak”, - deydi “Vote.org” tashkiloti vakili.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG