Breaking News

Vaksinani “KOVAKS” dasturi orqali davlatlarga tarqatish boshlandi


Gana aeroporti
Gana aeroporti

Koronavirusga qarshi “AstraZeneka-Oksford” vaksinalarining 600 ming dozasi Hindistonda qutilarga joylandi va vaksinalarni teng taqsimlashga qaratilgan “KOVAKS” (COVAX) xalqaro dasturi orqali yuk Ganaga yetkazildi.

Donorlardan tushayotgan mablag’ hisobiga shu yilning o’zida 100 ga yaqin davlat aholisini emlash rejalangan.

“Bu tarixiy lahzalar”, deydi YUNISEF tashkiloti ijrochi direktori Genriyetta For. Chunki kam daromadli mamlakatlarga 2 milliard doza vaksinani yetkazish va’dasi bajarilmoqda.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus “KOVAKS” tashabbusi ahamiyatini shunday tushuntiradi:

“Bu xayriya emas, epidemiologiya bilan bog’liq masala. Pandemiyani dunyo bo’ylab tugatmasak, hech bir joyda tugamaydi”.

Kasallik tarqalayotgan har qanday davlatda virusning yangi variantlari paydo bo’lishi mumkin. Janubiy Afrika shtammi allaqachon vaksinalarni zaiflashtirmoqda.

Katta Yettilik guruhiga kiruvchi boy mamlakatlar vaksina, COVID testlari va muolajalar uchun 4,3 milliard dollar ajratishga va’da bergan. Prezident Jo Bayden ham bu tashabbusga qo’shildi.

“KOVAKS” dasturiga ikki milliard dollar ajratamiz. Boshqalar ham qo’shilsa, yana ikki milliard dollar ajratishga tayyormiz”, - deydi AQSh rahbari.

Biroq dasturga yana 23 milliard dollar kerak. Bundan tashqari, Xalqaro qutqaruv qo’mitasiga ko’ra, “KOVAKS” vaksinalarni xarid qilish uchun boshqa davlatlar bilan raqobatlashyapti.

“Maqsad ezgu bo’lishiga qaramasdan “KOVAKS” navbatning eng oxirida turibdi. Jamg’armada pul bor, lekin vaksina ancha keyin yetkaziladi”, - deydi qo’mita vakili Mesfin Tessema.

Ayrim boy davlatlar navbatga e’tibor ham bermasdan “KOVAKS” erishgan kelishuvlarni buzayotgani aytiladi.

“Qo’limizda mablag’ bo’lsa ham, kambag’al davlatlarga vaksinani boy mamlakatlar bizning kelishuvlarni hurmat qilsagina yetkaza olamiz”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari.

Ilk dozalar kam va o’rta daromadli davlatlarga yetkazila boshlandi. Ekspertlarga ko’ra, boy davlatlarga yetib olish uchun bir necha oy vaqt kerak.

Xalqaro hayot - 26-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:11 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG