Breaking News
Din

Amerikalik musulmonlar Ramazon oyini o'zgacha o'tkazmoqda


Redmonddagi masjid
Redmonddagi masjid

Bu yilgi Ramazon oyi koronavirus pandemiyasi sabab boshqacha o’tmoqda. Vashington shtatining Redmond shahrida joylashgan “Ar-Rahma” masjidi jamoat a’zolariga har oqshom iftordan bir soat oldin oziq-ovqat tarqatmoqda.

Amerikalik musulmonlar Ramazon oyini o'zgacha o'tkazmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:42 0:00

“Masjidga kelishga imkoni yo’q qariyalarga mahsulotlarni uylariga eltib beryapmiz”, - deydi masjidning asli indoneziyalik imomi Muhammad Joban.

Bu masjid 2006-yilda tashkil etilgan bo’lib, Vashington shtatida eng yirigi.

Har yili Ramazon oyida yuzlab odam masjidda iftor qiladi, biroq bu yili ma’lum sabablarga ko’ra iftorga atalgan taomlarni musulmonlar masjiddan olib ketmoqda. “Ar-Rahma” masjidi bunday shaklda ishlayotgan yagona diniy maskan emas.

Virjiniyaning Fols Chyorch shahridagi “Dorul Hijra” islomiy markazi musulmonlardan zakot va xayriya to’plab, muhtojlarga oziq-ovqat xarid qiladi.

“Ramazon paytida musulmonlar odatdagidan saxovatliroq va himmatliroq bo’ladi. Muhammad payg’ambar aynan shunday inson bo’lgan”, - deydi markaz imomi Naim Baig.

Pandemiyadan oldin “Dorul Hijra” masjidi Ramazon oyida hafta o’rtalarida 800 kishiga, dam olish kunlari esa 1500 tagacha odamga iftorlik tashkil etardi.

Bu yili musulmonlar masjidga kelib, mashinadan tushmay taomlarni o’zlari bilan olib ketmoqda.

AQShdagi islomiy xayriya jamg’armalari karantin oqibatida ishini yo’qotib, ijara haqqi va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni to’lolmayotgan musulmonlarga yordam bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG