Breaking News

AQSh iqtisodiyoti qachon oyoqqa turadi?


Yangi koronavirus nafaqat sog’liqqa zarar, balki AQSh iqtisodiyotiga ham jiddiy ziyon yetkazmoqda. Birgina aprel oyining o’zida 20,5 million amerikalik ishsiz qoldi. Vaziyat hali-beri yaxshi bo’lmaydi, deydi Oq uy iqtisodiy maslahatchisi Larri Kadlou.

Xalqaro hayot – 11-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:25 0:00

“O’ylaymanki, may oyida ham raqamlar achinarli bo’ladi, iqtisodiyotning qayta ochilishidan natija bo’lishiga vaqt kerak”, - deydi u.

Biroq, deydi Kadlou, hozirgi ish yo’qotishlar vaqtinchalik bo’lgani uchun kelajakka umid bor.

“Albatta sizni eski joyga ishga olishlari kafolatlanmagan, biroq ish beruvchi bilan ishchi o’rtasidagi aloqa uzilmagan”, - deydi rasmiy.

Ishsizlik ko’payayotganiga qaramay, AQSh qimmatbaho qog’ozlar bozorida aksiyalar bahosi oshgan. Tahlilchi Liz Ann Sondersning aytishicha, hukumatning iqtisodiy yordam paketi bunga bir sabab.

“Ikkinchidan esa aprel burilish nuqtasi bo’lgan degan faraz bor, ammo buning o’ziga yarasha xavfi ham bor, chunki virus tarqalishining ikkinchi to’lqini ehtimoli mavjud”, - deydi sarmoya strategi.

Infeksiyaga uchrayotganlar soni tushmayotgan bo’lsa-da, bizneslarni ochishga da’vatlar, namoyishlar kuzatilmoqda. Ayrim shtatlar asta-sekin ochilmoqda. Bu esa, Kadlou nazarida, yil ijobiy notada yakunlanishiga ishoradir.

“Yilning ikkinchi yarmi iqtisodiy o’sish bobida kuchli bo’lishini ko’ramiz. Chamamda o’sish 20 foiz atrofida bo’ladi. 2021-yilda esa AQSh iqtisodiyoti o’zini tiklab olishi mumkin”, - deydi Oq uy iqtisodiy maslahatchisi.

Biroq Minneapolis federal zaxira banki prezidenti Nil Kashkarining aytishicha, haddan ortiq umidlanmaslik kerak.

“Tiklanish sekin, bosqichma-bosqich bo’ladi harqalay. Afsuski, virus tarqalishda, odamlar kasallanishda, o’lishda davom etyapti. Iqtisodiy nazorat yumshasa, virus yana alangalanishini boshqa mamlakatlar misolida ko’ryapmiz. Agar bu uzoq davom etadigan bo’lsa, 1-2 yil bir necha bosqichda bo’ladi deb o’ylayman. Kongress ishidan ayrilgan ishchilarga yordam berishda davom etishi kerak deb hisoblayman”, - deydi Kashkari.

Shu kunga qadar hukumat salkam 3 trillion dollarlik yordam puli ajratgan. Demokrat qonunchilar shtat va mahalliy hukumatlar uchun pul va testlarni o’z ichiga oluvchi yana bir yordam paketini qabul qilishga harakat qilmoqda. Biroq qator respublikachilar bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda, deydi Larri Kadlou.

“Ular bir daqiqa tanaffus qilib, berilgan yirik yordamning iqtisodiy ta’sirini ko’rmoqchi oldin”, - deydi u.

Ko’plab iqtisodchilarning aytishicha, iqtisodiyotning tiklanishi koronavirusga qarshi vaksina yaratilishiga bog’liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG