Dakotadagi bahsli neft quvuri qurilishi davom etadi

  • Amerika Ovozi

AQSh harbiy injenerlari korpusi Dakota shtatidagi bahsli neft quvuri qurilishini yakunlash uchun ruxsatnoma berilishini ma’lum qildi. Avvalroq, ular atrof-muhitga ta’siri o’rganib chiqilmaguncha loyihani to’xtatib turishga va’da bergan edi.

Quvur mahalliy hindu qabilalariga tegishli hudud yaqinidan o’tadi.

Qabila a’zolari va ularning tarafdorlari loyihaga qarshi keskin norozililik namoyishlarini o’tkazib kelmoqda. Ularga ko’ra, quvur mahalliy elatning muqaddas qabristoniga yaqin va aholining suv manbalarini ifloslantirishi mumkin.

Sobiq prezident Barak Obama dekabr oyida loyihani to’xtatib qo’ygan edi. Yangi rahbar Donald Tramp esa uni qurib bitkazish haqida farmon chiqardi.

Mahalliy qabila harbiy injenerlarning oxirgi qaroriga hali munosabat bildirgani yo’q.

Milliy resurslar mudofaasi kengashi rahbari harbiylar qarorini keskin tanqid qildi. Atrof-muhit muhofazasi bilan shug’ullanuvchi bu guruhga ko’ra, Tramp ma’muriyati mahalliy aholining qonuniy huquq va xavotirlarini oyoqosti qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG