Adolatni tarannum qilgan Martin Lyuter King

  • Amerika Ovozi

Kingning haykali qisman ishlangan, xolos. Usta shu tariqa 1968-yilgi suiqasd xuruji oqibatida uning erta uzilgan umriga ishora qiladi. King 39 yoshda edi. Biroq u Amerika tarixida burilish yasab ulgurgan va bugun ham avlodlarga ilhom berishda davom etayapti.

Har yili yanvar oyining uchinchi dushanbasida Qo'shma Shtatlar fuqaro huquqlari uchun kurashgan Martin Lyuter Kingi xotirlaydi. Joriy yilda u 88 yoshga qadam qo’ygan bo’lar edi.

Poytaxt Vashingtonda, 1964 “Independence” ko’chasida Martin Lyuter Kingning haykali qad ko’targan. 1964 ekani bejiz emas. O’sha yili Fuqaro huquqlariga doir qonun imzolangan.

Hujjat ma’qullanishida, Amerikada xoh maktab, xoh ishxona, xoh restoran yoki boshqa yerda bo’lsin, irqchilik barham topishida u beqiyos hissa qo’shgan.

1963-yilning martida poytaxtda King “Bir orzum bor” nomli tarixiy nutqini so’zlagan. Uni tinglash uchun 250 mingdan oshiq odam jamul-jam bo’lgan.

Ana o’shanda aytilgan so’zlarni bugun haykal poyida o’qishingiz mumkin: “Tog’dek g’am-anduhdan umid toshini yo’ndim”.

Haykalning balandligi to’qqiz metr keladi. Kingning qiyofasi ko’l osha prezidentlar Tomas Jefferson va Abraham Linkolnning maqbarasiga qaraydi.

Haykalni xitoylik usta ishlaganini bilasizmi? Uning ishi salkam mingta loyihalar orasidan tanlab olingan. Haykaltaroshning ismi Lay Ishin.

Monument atrofi devor bilan o’ralgan va unga Kingning mashhur so’zlari bitilgan.

“Ishonchim komil, qurolsiz, tom ma’nodagi haqiqat va beminnat mehr-muhabbat oxir-oqibat g’olib keladi. Shu bois rostgo’ylik, harchand to’siqlarga dush kelmasin, razolatdan ustun keladi”.

Mana bu so’zlarni u Alabamada qamoqda o’tirganida yozgan: “Bir joydagi adolatsizlik har yerda beqarorlikka yetaklaydi”.

Kingning haykali qisman ishlangan, xolos. Usta shu tariqa 1968-yilgi suiqasd xuruji oqibatida uning erta uzilgan umriga ishora qiladi. King 39 yoshda edi. Biroq u Amerika tarixida burilish yasab ulgurgan va bugun ham avlodlarga ilhom berishda davom etayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG