Vashington choyxonasi: AQShda ta'lim olishni istaysizmi?

  • Amerika Ovozi

O’tgan hafta "Vashington choyxonasi" teledasturimizda “Grin karta” dasturi haqida, unga qanday hujjat topshirish va hujjat topshirgandan so’ng nimalar bo’lishi haqida gaplashganimizdan so’ng o’quvchilarimizdan ko’plab maktublar va savollar oldik. Demak, dasturimizga qiziqish bor va biz bundan xursandmiz.

Bugungi suhbatimiz uchun ham ana shunday qiziqarli va bizdan ko’p so’raladigan mavzulardan birini tanlashga qaror qildik. Bu – AQShda o’qish imkoniyatlari haqida.

Agar siz Amerikada yoki istalgan boshqa bir joyda o’qish niyatida bo’lsangiz, ishonch bilan ayta olamiz, agar harakat qilsangiz, bu niyatingizga, albatta, erishasiz. Xorijda tahsil olgan yoshlarning aslida sizdan ortiq yoki kam joyi yo’q. Ular faqat ko’proq mehnat qilgan, tirishgan va shu orqali qaysidir darajada hali siz erishmagan marralarni qo’lga kiritgan.

Bugungi dasturimizda sizga shu yo'lga umumiy maslahatlar beramiz. AQShda o'qish uchun nimalarni bilish kerak, grant dasturlarini qanday topish kerak va bu dasturlardan muvaffaqiyatli o'tish uchun qanday talablar bor? Quyidagi videoni tomosha qilsangiz, shu savollaringizga javob topasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG