Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

1
Buxorolik kashtado'zlar Farhod Ramazonov, Muhabbat Qo'chqorova qizlari bilan.

2
Chinese President Xi Jinping, centre, and Zimbabwean President Robert Mugabe, centre right, watch a performance by Zimbabwean traditional dancers upon his arrival in Harare, Zimbabwe, Tuesday, Dec. 1. 2015. Jinping is in Zimbabwe for a two day State visit during which he is set to sign some bilateral agreements aimed at strengthening relationships between the two countries.

3
Buxorolik kashtado'zlar Farhod Ramazonov va Muhabbat Qo'chqorovaning ishidan namuna.

4
Dizayner Muhayyo Aliyeva ikatning unutilgan naqshlarini tikladi.