Breaking News

Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?


Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?
Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?

“Kollej bitiruvchilaridan birortasi ham ishsiz qolmaydi”, - deya jar soladi “Pravda Vostoka” 14 iyul sonida.

Surxandaryo viloyati kollej va litseylaridagi tadbiridan tayyorlangan bu maqolaga ko’ra, respublika ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida bitiruvchilarning deyarli 100 foizi o’z ish o’rinlariga ega bo’ladi.

Bu islohotlar shundan iboratki, ular iqtisodiy ehtiyojlarni hisobga oladi, litsey va kollejlarni qayta ixtisoslashtirib, ta’lim sifatini yaxshilaydi. Shuningdek, deyiladi maqolada, islohotlar xalq xo’jaligi uchun zarur mutaxasisslar tayyorlashni nazarda tutadi. Yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash to’g’risidagi hukumat qaroridan kelib chiqqan holda, qayta ixtisoslashtirish islohoti bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va ta’lim qamrovini kengaytirishni o’z ichiga oladi.

Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?
Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?

“Pravda Vostoka” ning yoritishicha, Termezdagi iqtisodiyot kollejini bu yil 650 nafar yosh bitirgan. Ularning 100 dan ziyodi oliy o’quv yurtlariga hujjat topshiradi, 450 dan ortig’i ish bilan ta’minlangan, 13 nafari esa xususiy biznes bilan shug’ullanadi.

Ta’lim sohasidagi so’nggi islohotlardan so’ng kollej bitiruvchilariga mutaxassislik diplomi topshirilishi faqat mehnat shartnomasi tuzilgandan keyingina amalga oshadigan bo’ldi. Uch tomonlama mehnat shartnomasi kollej, ish beruvchi korxona va bitiruvchi o’rtasida imzolanishi lozim.

Bir tomondan shartnoma tuza olmagan bitiruvchiga mutaxasislik diplom topshirilishi shubha ostida bo’lsa, ikkinchi tomondan shartnoma tuzishda sustkashlikka yo’l qo’ygan kollej rahbariyati ham tanqid ostida qoladi.

Bu esa kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash to’g’irisida ko’plab qalbaki shartnomalar imzolanishiga olib kelgan.

Ekspert ishchi guruhi ta’lim tizimidagi mazkur islohotlar yuzasidan tarqatgan tahlilida shuni qayd etadiki, mamlakat bo’ylab malakali muallimlar yetishmaydi, o’qituvchilik moliyaviy tomondan o’zini oqlamayapti, ayniqsa qishloq joylaridagi kollejlarda bir mutaxasisislikka ega bo’lgan o’qituvchi turli sohalardan ta’lim beradi. Bu esa yangidan yangi muammolar tug’dirishda davom etadi.

Tahlilga ko’ra, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda amaldagi tizim yolg’on statistika uchun asos bo’lishi mumkin. Diplom olish uchun qog’ozdagina ish bilan ta’minlangani haqida ma’lumotnoma olish ko’p hollarda soxtalikka yetaklab, real ish o’rinlari yaratilmayapti.

Ta’lim sohasidagi islohotda kollej va litsey o’quvchilarini qishloq xo’jaligi ishlariga majburan jalb qilinayotgani holati o’z ifodasini topmagan.

Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?
Vatandagi manzara: Bitiruvchilarga ish bormi?

Kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi ko’zbo’yamachiliklar va soxtaliklar bir muncha avval “Hurriyat” gazetasida ham yoritilgan edi.

Farg’onadagi kollejlar haqidagi bu maqolada o’quv maskani va yoshlar o’rtasida nomigagina shartnoma tuzilgani, 2-3 bo’sh ish o’ringa ega tashkilotlar esa kollejlar bilan 20-30 ga yaqin bitiruvchilarni ishga olish haqida kelishuvlar imzolagani tanqid ostiga olingan edi.

Mazkur maqola tashkilot rahbarlaridan biri shartnoma tuzgani bilan aslida birorta kollej bitiruvchisini ishga olish imkoniyati yo’qligini ochiq aytadi. Lekin muassasalarni soxta ish o’rinlari haqida shartnoma imzolashga kim majbur qilgani haqida maqolada biror ma’lumot yo’q.

XS
SM
MD
LG