Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?


Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?

Markaziy Osiyodagi o'zgarishlarni kuzatib kelayotgan mutaxassislar nazarida mintaqada hayot bugun rasmiy emas, norasmiy iqtisodga bog’liq.

Gap kasb yoki ish emas, tirikchilik ustida ketmoqda.

Bir qarashda, deydi ekspertlar, aholining ko’pchiligi ishsizdek, lekin odamlar bir amallab kunini ko’rmoqda.

Ishsizlik bugun global muammo ekan, ish o’rinlarini qanday yaratish har bir hukumat uchun g’arbchasiga aytganda “million dollarlik savol”.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakilining aytishicha, ishsizlikka yechim topishni avvalo bu muammoni ochiq tan olish va aholi ahvolini o'rganishdan boshlash kerak
Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakilining aytishicha, ishsizlikka yechim topishni avvalo bu muammoni ochiq tan olish va aholi ahvolini o'rganishdan boshlash kerak

Ishsizlikka yechim topishni avvalo uni tan olishdan boshlash kerak, deydi BMT qoshidagi Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili Olga Kulayeva (Olga Koulaeva).

Markaziy Osiyo davlatlari bu tashkilotga a’zo.

Tojikistondan olingan statistik ma’lumotga ko’ra, aholining atigi 40 foizga yaqini bugun ish bilan ta’minlangan, ya’ni rasmiy iqtisodiyotda mehnat qilmoqda.

Bu dahshat, deydi ekspert, chunki xalqaro standartlarga binoan, bu raqam juda bo’lmaganda 70-80 foiz bo’lishi kerak. Qirg’iziston va O’zbekistonda ham ahvol maqtovga arzigulik emas.

”Odamlar qanday qilib bo’lsa-da yashashi kerak, ular nima bilandir band, ammo bu ro’yxatga olinmaydi. Tirikchilik qilib yurganlarning aksariyati yoshlar va ular orasida muayyan uquv va malakaga ega bo’lmagan fuqarolar juda ko’p”, - deydi Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili Olga Kulayeva.

Buning ustiga norasmiy iqtisodda kun ko’rayotganlarning huquqini ta’minlash qiyin. Ular shartnomasiz, kafolatsiz ishlaydi. Ish, pul bugun bor, ertaga yo’q.

Ekspertning tahlil qilishicha, rasmiy iqtisoddan yaxshi ish topish juda mushkul. Muammo faqat maoshning pastligida emas.

Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?
Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?

Bugun yaratilayotgan va jamiyat taraqqiyoti uchun o’ta zarur hisoblangan sohalarda kadrlar yetishmaydi. Ya’ni ish istovchilar ko’p, lekin uni eplay oladiganlar kam.

Korrupsiya va poraxo’rlik, azaliy illatlarlarni tilga olmay iloj yo’q. Yog’li ish topish uchun amaldorlarni minglab dollar pul bilan moylash kerak deyishadi.

Odamlar bilan gaplashsangiz, soqqa bo’lsa ish topib beradigan vositachilar bor, bu ham o’ziga yarasha “qora biznes”ga aylangan.

Mintaqada qay jamiyat bo’lmasin, ishsizlik darajasi aslida qancha ekanini aniq bilish qiyin. Hukumatlarga ko’ra, 2-3 foiz, lekin bu ko’rsatkichlarga na jamoatchilik, na xalqaro tashkilotlar ishonadi.

Taxminan, 5-6 million o’zbekistonlik chet elda ishlayotgani, xususan, Rossiya va Qozog’istonda pul topayotgani ma’lum.

Aholi mehnat bozori haqida yaxshi bilmaydi, deydi Olga Kulayeva, bu borada informatsiya yetishmaydi.

”Bizning nazarimizda, ishsizlikka qarshi kurashni oshkora hisob-kitobdan boshlash kerak. Ya’ni mamlakatda qay sohada kadrlar yetishmayotgani, qanday mutaxassislar zarurligi izchil o’rganib chiqilishi, tahlil qilinishi va omma e’tiboriga havola etilib turilishi kerak. Mehnat vazirligi, iqtisodiyot yoki xalq xo’jaligi vazirligi bu masala bilan jiddiy shug’ullanib, ta’lim va kasb-hunar o’rgatish yuqorida tilga olingan hisobotlardan kelib chiqqan holda yo’lga qo’yilishi kerak", - deydi Kulayeva.

Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?
Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?

Ertaga bu jamiyatga qanday mutaxassislar kerak bo’ladi? Bu borada jamoatchilik va boshqaruvning o’zi ham aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur. Biror soha rivojlanishi uchun yetuk kadrlar kerak.

Hozirgi choralar, regiondagi qay mamlakatda bo’lmasin, talabga javob bermaydi, deydi Olga Kulayeva.

Qozog’istonda vaziyat nisbatan yaxshi, deydi u, chunki mehnat bozori ancha keng. Lekin global moliyaviy inqiroz unga katta zarba bergan va iqtisodning qayta oyoqqa turishi qiyin kechmoqda.

Mintaqa ahli hukumatdan najot kutmay qo’yganini ham tan olish kerak, deydi Olga Kulayeva.

Qonun, shartnomalar puch ekani, va’da qilingan maosh to’lanmayotgani odamlarning hafsalasini pir qilgan. Rasmiy iqtisodga ishlab, oilasini boqa olmay, norasmiy iqtisodga o’tib ketayotganlar o’nlab millionni tashkil etadi.

O’rtacha maosh masalasi ham juda mavhum. O’zbekistonda, masalan, hukumat o’rtacha oylik 200-250 dollarga chiqmoqda deya bayon qilgan.

Lekin Xalqaro Mehnat Tashkilotining hisoblashicha, eng yuqori o’rtacha maosh hozircha Qozog’istonda, 200 dollar. Qolgan mamlakatlar hali ancha orqada, deydi Olga Kulayeva.

Markaziy Osiyodagi barcha respublikalar Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo. Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda bir necha dasturlar asosida ishlab keladi.

“O’zbekistonda ham yangi loyihalar boshlash niyatidamiz”, - deydi ekspert.

Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?
Markaziy Osiyo: Ish yo'q, odamlar qanday kun ko'rmoqda?

"Region bozor iqtisodiyotiga o’ta boshlaganiga 20 yil bo’layapti. Bizning nazarimizda har bir jamiyat o’ziga yarasha potensialga ega. Masalan, qishloq xo’jaligini kengaytirish, ishlab chiqarish sektorini boyitish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish yoki turizmni taraqqiy ettirish mumkin. Mamlakatlar o’z mehnat kuchini chet elga boy bermoqda, bu juda salbiy hol”, - deydi Olga Kulayeva.

“Mehnat kuchi - katta boylik, uni saqlab qolish kerak”.

Olima mikro-iqtisod haqida gapiradi. Oz miqdorda kredit berish, kichik bizneslar uchun qog’ozbozlikni kamaytirish va moliyaviy to’siqlarni olib tashlash ulkan imkoniyatlar yaratadi, deydi u.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti bu borada yordam berishga tayyor, deydi Olga Kulayeva.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG