Misrda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda. Ikki kun davom etadigan ovoz berish jarayonida saylovchilar sust ishtirok etayotgani aytilmoqda. Muhammad Mursiyni hokimiyatdan ag'dargan sobiq general Abdul Fattoh al-Sissiyning g'alaba qozonishi kutilyapti.
Misrda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda

1
Giza shahridagi saylov uchastkasida fuqarolar ovoz berish uchun navbatda turibdi, 26-may, 2014-yil.

2
Misrlik ayol Qohiradagi saylov uchastkasida ovoz bermoqda, 26-may, 2014-yil.

3
Saylov komissiyasi ishchisi saylov byulletinlari solingan qutilarni qo'riqlamoqda, Qohira, 25-may, 2014-yil.

4
Askarlar saylov uchastkasini qo'riqlamoqda, Qohira, 27-may, 2014-yil.