Breaking News

Misr ko'chalarida odamlar Amerikaga la'natlar aytmoqda


Misr ahli Amerikadan g'azabda/Egypt-US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Misr ahli Amerikadan g'azabda/Egypt-US

Misr - Amerikaga ko'p jihatdan qaram davlat. AQSh unga har yili o'rtacha 2 milliard dollarga teng yordam uzatadi. 1979-yilda Misr Isroil bilan tinchlik bitimi imzolaganidan beri shunday.

Bu ko'makning asosiy qismi armiyaga atalgan. Lekin Misrda anti-amerikanizm kuchli. Moliyaviy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy madad bu jamiyatda Amerika nufuzini oshirib qo'yayotgani yo'q. Harbiy tizim tarafdorlari fikricha ham, armiya qudratini pasaytirish kerak deb bong urayotganlar nazarida ham Qo'shma Shtatlar Misrdagi demokratik harakatlarni sidqidildan quvvatlayotgani yo'q. Qohiradagi muxbirimiz Sharon Beyn xabar berishicha, jamoatchilik Vashingtondan norozi.

Misr ahli Amerikadan norozi/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00
Yuklab oling

Qohira ko’chalarida omma g’azabda. Nega Vashington harbiy to’ntarishni harbiy to’ntarish deb atamayapti? Atasa, kim nima zarar ko’radi? Yordamni qirqishga majbur bo’ladimi? Nega qirqmaydi?

Misr poytaxtidagi qahvaxona egasi Haj Husni Mahmudning fikri ko’pchilikniki bilan hamohang: AQSh daf bo’lsin.

“Amerika yoki boshqasi, bizga ular kerak emas. Biz o’z yurtimizda erkinmiz, Amerikasiz ham kunimiz o’tadi, Obamami yoki boshqasi… Vatanimiz uchun kuyunamiz. Amerikaning yordami kerak emas. Olib ketsin hammasini, bizga faqat yurtimiz kerak. Obama, Obama, ey o’sha Obamaga ham, yordamiga ham lan’at”.

Qo’shma Shtatlar esa Misrda biror siyosiy partiya yonini olmayapti. Hokimiyat fuqaro qo’liga o’tsin deydi.

Lekin Misr ahli nazarida Vashington gapning po’skallasini aytmayapti. Siyosati izchil emas, ko’zbo’yamachi, deydi namoyishchilar.

AQSh Musulmon Birodarlar hokimiyatga kelganida uni tan olib, Muhammad Mursiyni hamkor dedi.

Mursiyni ag’darganini da’vo qilayotgan mana bu siyosiy faol, Mahmud Badr, Obama ma’muriyati nega islomchilarga ishondi deya xayron.

“Bir tomondan demokratiya deydi, ikkinchi tomondan esa AQSh Musulmon Birodarlarni quvvatladi. G’azabdamiz, qoralaymiz buni”.

Qohiraning boshqa tarafida esa Musulmon Birodarlar harakati a’zolari ham AQShga lan’atlar aytmoqda.

Prezident Barak Obama demokratik ravishda saylangan prezidentning ag’darilganini harbiy to’ntarish deya tanqid qilish kerak, deydi ular.

Muhammad Sudan, Musulmon Birodarlar vakili, Iskandariya shahridan:

“Amerika konstitutsiyasida yozilganki, bu davlat qonun ustuvorligi va demokratiyani quvvatlaydi. Lekin bugungi qilayotgan ishi bunday emas. Nega qarshi chiqmayapti?”

Misr tarqoq, lekin odamlar qay partiya yoki guruhdan bo’lmasin, Amerikani birdek qarg’amoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG