Breaking News

Bayden oldidagi qiyin vazifa - ustunlikni saqlab qolish


Bayden haqida nimalarni bilasiz?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

AQSh prezidentligi uchun poygada amaldagi rahbari Donald Trampning asosiy raqibi Jo Bayden noyabrdagi saylovda g’alaba qilaman desa, nafaqat elektorat ko’nglini qozonishi, balki o’z partiyasining progressiv qanotini ham birlashtira olishi lozim. Demokratlar nomzodining kuchli va zaif jihatlariga nazar tashlasak.

Bu yilgi saylov oldingilariga o’xshamaydi. Millionlab odam ishsiz. Ayrim shtatlarda namoyishlar. Koronavirus pandemiyasi shiddat bilan davom etmoqda.

Ushbu omillar tufayli ayni damda saylov natijasini hal qiluvchi shtatlarda Prezident Trampning aholi orasida reytingi yaxshi emas. An’anaviy ravishda respublikachilarga ovoz berib kelgan shtatlarda ham bu gal raqobat kuchli. Bu esa Baydenga qo’l keladi.

“10 yil ilgari Arizona, Texas va hatto Jorjiyada ikki nomzod tarafdorlari deyarli teng bo’lishi hech kimning xayoliga ham kelmagan bo’lardi”, - deydi siyosatshunos Larri Sabato.

Barak Obama davrida sakkiz yil vitse-prezident bo’lgan Bayden qator qonunlar qabul qilinishida muhim rol o’ynagan. U 29 yoshida Senatga saylangan. 36 yil senatorlik qilgan.

“Hukumat qanday ishlashini bilaman”, - deydi u.

“Hayotida fojialarni boshdan kechirgan. Birinchi xotini va qizi avtohalokatda nobud bo’lgan”, - deydi professor Barbara Perri.

2015-yilda esa Bayden to’ng’ich o’g’lini saratonga boy berdi.

Shaxsiy hayotidagi fojialar va 50 yildan beri siyosatda ekani bois, ayrim kuzatuvchilar fikricha, siyosiy raqiblari Baydenga nisbatan Hillari Klintonga qarshi bo’lgani kabi adovat qo’zg’ata olmayapti.

Lekin Baydenda xarizma yo’qligini hatto uning tarafdorlari ham tan oladi.

“Bayden ko’ngilchan odam. Bu xususiyat odatiy saylovda unga zarar qilgan bo’lardi. Odamlar oldidagi tanlov aniq”, - deydi Larri Sabato.

Sobiq senator nomzodlarni saralash jarayonida bir qancha raqiblaridan ustun keldi.

“Sanders, Butejej va Klobushar kabilar bilan kuch sinashdi. Bayden haqiqiy mo’tadil siyosatchi, radikal so’lchi emas”, - deydi Perri.

U vitse-prezidentlikka ayol kishini tanlashi kutilmoqda.

“Kimni tanlashi saylovchilar fikrini sezilarli darajada o’zgartirmaydi”, - deydi huquqshunos Joel Goldsteyn.

Ayrim amerikaliklar esa ular istagan nomzod finalga yeta olmaganini aytadi.

“Saylovchilarning bir qismi na Trampni, na Baydenni yoqtiradi. Har ikkisini noloyiq deb bilsa-da, saylovda qatnashishni burch deb biladiganlar bor”, - deydi siyosatshunos Sherri Jeffi.

Noyabr saylovlarida har bir ovoz muhim ahamiyatga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG