Breaking News

19-mart kuni Qozog’istonda parlament saylovlari

19-mart kuni Qozog’istonda parlament saylovlari o’tkaziladi. Ayrim kuzatuvchilar nazarida, Prezident Qosim-Jo’mart To’qayev tarafdorlari quyi palatani egallab, davlat rahbarining pozitsiyasini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 16-mart, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:22 0:00

Majlisga saylovlar so’nggi bor 2021-yilda sobiq prezident Nursulton Nazarboyev hokimiyatni qo’lda ushlab turgan, “Nur-Otan” partiyasini boshqarib turgan paytda o’tkazilgan edi. Hukmron partiya o’shanda kutilganidek g’alaba qozongan.

Biroq 69 yashar To’qayev qonunchilik organida o’z tarafdorlarini ko’rishni istaydi, Nazarboyev merosini qo’porib tashlamoqchi.

"Bu o’tgan yili boshlangan va siyosiy o’tish jarayonini yakunlashga qaratilgan uzoq voqealar zanjirining bir qismidir. Saylovdan so’ng yangi Qozog’istonni qurish jarayoni boshlanadi”, - deydi siyosiy tahlilchi Do’sim Satpayev.

2019-yilda prezidentlikdan ketishga qaror qilgan Nazarboyev To’qayevni o’z o’rniga qo’ydi, biroq hokimiyatni turli lavozimlar, davlat organlaridagi qarindoshlari va ittifoqchilari orqali saqlab qoldi.

2022-yil boshida vujudga kelgan tartibsizliklar, To’qayev nazarida, uni hokimiyatdan olishga qaratilgan bo’lgan, biroq isyon Rossiya yordamida bostirilib, To’qayev hokimiyatni saqlab qoldi va asta-sekin Nazarboyevni barcha lavozimlaridan, “yurt otasi” unvonidan, daxlsizlikdan ayirdi, oila a’zolarini muhim lavozimlardan chetlashtirdi, o’tgan yil noyabridagi erta saylovda yangi muddatga saylandi.

Yakshanba kuni bo’ladigan saylovda ayrim muxolif arboblar mustaqil nomzod sifatida bellashadi. Bundaylar quyi palataning 30 foizini tashkil etadi, xolos. Qolgan nomzodlar partiyaviy ro’yxatlar bo’yicha bellashadi.

"Birorta partiyani muxolif deb bo’lmaydi. Ular hukumatga noqulay bo’lgan masalalarni ko’tarishmaydi, hukumatni tanqid qilishmaydi”, - deydi sotsiolog Serik Beysembayev.

O’tgan yili isloh etilgan hukmron “Nur-Otan” partiyasi endi “Omonat” deb ataladi. To’qayev prezident partiya manfaatlaridan ustun bo’lishi kerak deb, undan chiqdi. Shunga qaramasdan “omonatchilar” saylovda g’alaba qozonib, To’qayevning parlamentdagi tayanchi sifatida xizmat qilishda davom etishi aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG