Breaking News

Erdog'an: Turkiya Manbijni nazorat qilishga tayyor


Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib, Anqara, 20-yanvar, 2019

Anqara Suriyaning kurdlar nazoratidagi Manbij shahri xavfsizligini o’z zimmasiga olishga tayyor. Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog’an shunday bayonot berdi. Erdog’an 20-yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Manbij bo’yicha telefonda suhbatlashgan.

Bir necha kun avval “Islomiy davlat” jangarilari Manbij shahriga hujum uyushtirgan edi. Unda 19 kishi halok bo’lgan. Qurbonlar orasida Amerikaning uch askari va bir harbiy pudratchisi ham bor.

Erdog’an fikricha, bu hujum Trampning Suriyadan qo’shinlarni chiqarish qarori bilan bog'liq.

Oq uyga ko'ra, prezidentlar “shimoli-sharqiy Suriyada xavfsizlik masalalariga o’zaro manfaatlarga mos yechim topishga kelishdi”.

AQSh va Turkiya Suriyaning Manbij shahrida qo'shma harbiy patrul xizmatini joriy etgan. 1-noyabr, 2018
AQSh va Turkiya Suriyaning Manbij shahrida qo'shma harbiy patrul xizmatini joriy etgan. 1-noyabr, 2018

Ayni damda Manbij Amerika dastaklab kelayotgan Suriya Demokratik kuchlari va kurd jangarilari nazoratida.

Anqaraga ko’ra, bu kuchlar Turkiyada uzoq yillardan beri separatistik kurash olib borayotgan Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) bilan aloqador.

Turkiya ularni terrorchi deb biladi. Bu guruhlar Amerika Suriyani tark etgach, Turkiya hujum qilishidan xavotirda.

Prezident Tramp mintaqada xavfsiz hudud joriy qilish taklifini bergan. Biroq aniq tafsilotlar e’lon qilingani yo’q.

Turkiya o’z chegarasi yaqinida kurdlar nazoratidagi hudud bo’lishini istamaydi. Anqara talabi shuki, har qanday xavfsiz hudud kurd jangarilaridan xoli bo’lishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG