Breaking News

Bugun Erdog'an va Tramp Oq uyda uchrashadi


2017-yilgi uchrashuvdan arxiv surat

Bugun Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Ba’zi kuzatuvchilar bu uchrashuvni ikki mamlakat o’rtasiga tushgan sovuqlikni bartaraf etishga harakat sifatida ko’rmoqda.

Xalqaro hayot - 13-noyabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:04 0:00

Tomonlar Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti, Turkiyaning Rossiya bilan aloqalari va Rossiyadan qurol sotib olish masalalarini muhokama etilishi kutilmoqda.

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, AQSh prezidenti Anqaraga Suriyadagi siyosatini qayta ko’rib chiqish va Rossiyaning S-400 havo mudofaasi sistemasidan voz kechish evaziga 100 milliard dollarlik savdo kelishuvi va Turkiyaga qo’yilgan sanksiyalarni yumshatishni taklif etmoqda.

AQShning Suriyada “Islomiy davlat” jangari to’dasiga qarshi kurashdagi ittifoqchisi hisoblangan kurdlarning Turkiya harbiy amaliyotida nishonga olinayotgani Vashingtonni xavotirga solmoqda. Anqara chegara hududlaridagi qurolli kurdlarni terrorchi deb biladi.

AQSh Kongressidagi ayrim qonunchilar Turkiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiramiz, xususan shaxsan Erdog’anga qarshi deya do’q-po’pisa qilmoqda.

“Ikki mamlakat o’rtasida talaygina muammolar to’planib qolgan. Munosabatlar bu qadar yomon bo’lmagan hali. Turkiyaning Suriyaga qo’shin kiritishi AQShning u yerdagi maqsadlariga javob bermaydi”, - deydi Yevropa Tashqi aloqalar kengashidan Asli Oydintoshbosh.

Davlatlar o’rtasidagi aloqalar sovuq bo’lgani bilan ikki rahbar iliq gaplashadi.

“Bu tarixiy uchrashuv har ikki tomon uchun foydalidir. Muammolarga yangi yechimlar va ularni hal qilishning yangicha usullari taklif etiladi”, - deydi Erdog’anning maslahatchisi Mesut Jashin.

Biroq ayrim tahlilchilar nazarida, yolg’iz Trampga ishonish bilan ish bitmasligi mumkin.

“Anqara munosabatlarni yolg’iz Trampga bog’lab, katta strategik xatoga yo'l qo'ygan. Men bunday yondashuvni rus ruletkasi deb atagan bo’lardim”, - deydi Oydintoshbosh.

Erdog’an AQShdan qiruvchi samolyotlar savdosiga qo’yilgan taqiqni bekor qilishni so’rashi kutilmoqda. Agar Vashington bunga rozi bo’lmasa, Turkiya harbiy samolyotlarni Rossiyadan olishi mumkinligi haqida gapirgan. Rossiyaning S-400 sistemasi Turkiyaga muddatidan erta yetkazilgani aytilmoqda. AQSh qonunchilari shu munosabat bilan Anqarani yangi jazo choralari bilan siylamoqchi. Biroq bunday siyosat, deydi Turkiya tomoni, har ikki mamlakatga zarar keltiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG