Breaking News

O'zbek adabiyotiga G'arbda qiziqish qanchalik? Erkin A'zam javob beradi


O'zbek adibi Erkin A'zam vatanining AQShdagi elchixonasida, 12-mart, 2015
O'zbek adibi Erkin A'zam vatanining AQShdagi elchixonasida, 12-mart, 2015

Atoqli yozuvchi Erkin A'zam bugun o'zbek adabiyotining elchisiga aylangan. O'nlab asarlar muallifi, "Tafakkur" jurnalining uzoq yillik bosh muharriri g'arbu sharqda bo'lib, xalqi va madaniyati haqida so'zlab keladi. Erkin A'zam qalamiga mansub "Alvido, ertaklar" kitobi yaqinda ingliz tilida nashrdan chiqdi va Amerikada taqdim etildi. Tarjimon - yozuvchining shogirdi A'zam Obidov.

12-mart kuni UNESCO - BMT Ta'lim, ilm-fan va madaniyat tashkiloti - O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida madaniy kecha o'tkazib, unga Lola Karimova-Tillyaeva mezbonlik qildi. Prezident Islom Karimovning kichik qizi - respublikaning UNESCOdagi elchisi va Erkin A'zam ijodining shaydosi.

Lola Karimova-Tillyaeva fikricha, yozuvchi o'z asarlarida inson ichki dunyosini, hissiyotlari va dardini mohirona ochib bera oladi.

Erkin A'zamning o'zi ham diplomatik tadbirda so'zlar ekan, odamning murakkab tabiati, xususan umr o'tgan sari ruhiyat va hayotga nisbatan munosabat naqadar o'zgarib borishiga urg'u berdi.

"Alvido, ertaklar" fransuz tiliga ham tarjima qilingan. Har ikki loyiha homiysi - O'zbekistonning UNESCOdagi vakolatxonasi.

Elchixonadagi tadbir paytida "Amerika Ovozi" Erkin A'zam bilan muloqot qilish sharafiga muyassar bo'ldi.

O'zbek adabiyotiga jahonda qiziqish qanchalik? Asarlarni chet elda targ'ib qilish, tarjima qildirish nima talab qiladi? "Tafakkur" jurnali bugun maqolalarni qanday tanlamoqda? Adabiyotning hozirgi yulduzlari kimlar? Sifat va mohiyat haqida Erkin A'zam qanday fikrda?

"Alvido, ertaklar"... O'zbek adabiyotiga jahonda qiziqish qanchalik? Erkin A'zam javob beradi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:29 0:00
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG