Breaking News

O'zbekiston Islomiy Harakati Germaniyada dolzarb mavzu


Yoshlar, ayniqsa musulmon muhojirlar nega terroristik tashkilotlarga qo’shilmoqda? Bu - nemis jamiyatini anchadan beri qiynab kelayotgan savol.
Yoshlar, ayniqsa musulmon muhojirlar nega terroristik tashkilotlarga qo’shilmoqda? Bu - nemis jamiyatini anchadan beri qiynab kelayotgan savol.

O’zbekiston Islomiy Harakatiga a’zolikda ayblanib Afg’onistonda qo’lga olingan Ahmad Siddiqiy Germaniyada sudga tortilmoqda. Yana bir nechta muhojir bu terror tashkiloti va boshqa guruhlar bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilinib, qidiruvda.

Asli afg’onistonlik Ahmad Siddiqiy 1990-yildan buyon Germaniyada yashab kelgan.

Nemis matbuotiga ko’ra, bu davlat fuqaroligini qabul qilgan Siddiqiy Afg’onistonga ketishidan avval sayyohlik firmasini boshqargan. Jihodchilar bilan avvalroq Gamburg aeroportida farroshlik qilib yurgan paytlari tanishgan.

Germaniya etnik va diniy xilma-xilliigi bilan faxrlanadi, ammo...
Germaniya etnik va diniy xilma-xilliigi bilan faxrlanadi, ammo...
Siddiqiy sudga Afg’onistonga jihod uchun borgani, targ’ibot maqsadida nemis tilida turli video-roliklar tayyorlaganini aytgan. U o’tgan yili AQSh harbiylari tomonidan Afg’onistonda ushlangan va Germaniyaga topshirilgan.

Yaqinda O’zbekiston Islomiy Harakatiga a’zolikda ayblanayotgan yana bir shaxs, Munir Chouka, Germaniyada terror xurujlari sodir etishga chaqirgan edi.

Ektremist tashkilotlar faoliyatini o’rgangan olim Kamoliddin Rabbimov deydiki:

Berlin
Berlin
“O’zbekiston Islomiy Harakatida ham, Islomiy Jihod Ittifoqida ham asli germaniyalik musulmon fuqarolar bor, lekin ko’p emas, biroq aloqalar shakllangan. Har ikki tashkilot ham aynan Germaniyada tarafdorlar topishga qaratilgan bir nechta filmlar ishlagan. Jihodchilar o’z faoliyatlarini nemis tilida kuchli reklama qiladi. Umuman bu aloqalar 1990-yillardan boshlab o’rnatilgan. Nazarimda keyingi yillarda bir oz susaydi”.

Germaniyada 4 millionga yaqin musulmon yashaydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, ularning deyarli yarmi fuqarolikka kirgan.

Yoshlar, ayniqsa musulmon muhojirlar nega terroristik tashkilotlarga qo’shilmoqda, ekstremizmga berilmoqda? Bu - nemis jamiyatini anchadan beri qiynab kelayotgan savol.

Germaniyada o'tkazilgan so'rovda musulmon yoshlarning aksariyati g'arbcha hayotni qoralagan
Germaniyada o'tkazilgan so'rovda musulmon yoshlarning aksariyati g'arbcha hayotni qoralagan
Germaniya Ichki ishlar vazirligi yaqinda o’tkazgan ommaviy so’rov natijalari shuni ko’rsatganki, aksariyat musulmon yoshlar g’arbcha hayot tarzini yoqlamaydi va bu jamiyatga qo’shilishni istamaydi.

Bu tadqiqot ortidan Ichki ishlar vaziri Gans Piter Fridrix aksil-demokratik va diniy fundemental qarashlar yoyilishiga yo’l qo’yilmaydi degan bayonot bilan chiqdi.

Germaniya musulmonlari yetakchilaridan biri Ayman Mezyek nazarida bu tadqiqotlar natijasi haqiqatga yaqin. Yoshlarning fundamental qarashlarga berilishining asosiy sababi - Germaniyada musulmonlarga nisbatan diskriminatsiya, ularning yakkalanib qolgani, deydi peshvo.

Shu yil boshida AQShda Jamshid Muxtorov ismli o’zbekistonlik terrorchilik harakatida ayblanib hibsga olindi. Mart oyida esa uning do’sti Baxtiyor Jumayev ham shunday gumon ostida ushlandi.

Kamoliddin Rabbimov - islom dini bo’yicha yetakchi mutaxassislardan biri. Uning tahlilicha, jihodchilik O’zbekiston musulmonlariga xos narsa emas.

“30 millionlik aholi ichidan 3-4 kishining terrorizmda ayblanib hibsga olinishi butun jamiyatga nisbatan baho emas”, - deydi Rabbimov.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG