Geyts fondi homiladan saqlaydigan vositalar uchun moliyani oshirdi

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar mazkur yo'nalishda joriy yilda 600 million dollar bergan. Jahondagi eng katta donor davlat. Ammo Prezident Donald Tramp aprelda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga moliyaviy madadni qisqartirishini aytib ogohlantirdi.

Bill va Melinda Geytsning jamg'armasi kontrasepsiya dasturlari uchun moliyani keskin oshirmoqda. Londonda shu hafta global donorlar ishtirokida oilani rejalash bo'yicha o'tgan sammitda shu haqda e'lon qilindi. Ammo Amerika hukumati bu sohaga moliyani kamaytirishga qaror qilgani sammitdagilar kayfiyatini buzdi.

Bir necha davlat oilani rejalash loyihalari uchun ko'proq pul va'da qildi. Amerikada asoslangan Bill va Melinda Geyts jamg'armasi ayollar uchun kontrasepsiyadan foydalanishni osonlashtirish uchun eng ko'p mablag' bermoqchi.

"375 million dollar ajratdik. Bu Prezident Tramp yaqinda e'lon qilgan bayonotga umuman taalluqli emas. Amerika oilani rejalash uchun beradigan moliyaning o'rnini qoplash juda qiyin", - deydi Melinda Geyts.

Qo'shma Shtatlar mazkur yo'nalishda joriy yilda 600 million dollar bergan. Jahondagi eng katta donor davlat. Ammo Prezident Donald Tramp aprelda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga moliyaviy madadni qisqartirishini aytib ogohlantirdi. Tramp BMTning oilani rejalash, xususan, homilani oldirish xizmatlari uchun tanqid qilgan. BMT bu da'voni rad etmoqda.

"Rivojlanayotgan davlatlar xavotir olishi tabiiy, chunki moliyada katta uzilish ro'y beradi. Oilani rejalash jahonda qashshoqllikka qarshi kurashning eng muhim bosqichlaridan, buni bilamiz. Onalar orasida o'lim ko'rsatkichini kamaytirish uchun ham muhim", - deydi Nigeriya Tibbiyot vaziri Isaak Adevol.

2050-yilga borib Nigeriya 400 milliondan oshiq aholisi bilan jahonda aholisi eng ko'p uchinchi davlatga aylanishi mumkin.

"Buncha odamni ta'minlash uchun iqtisodimiz yetarli sur'atda o'sayotgani yo'q. Bugunoq muammoga yechim qidirishimiz kerak", - deydi Nigeriya Moliya vaziri Zaynab Ahmad.

Hukumatlar yoshlarning ko'ngliga yo'l topishni muhim qadam deb biladi. Afrikada "MTV" kanalida efirga chiqayotgan "Shuga" nomli ko'p qismli film jinsiy aloqa, himoya vositalari va OITS kabi mavzularni ko'taradi. Filmni Amerika hukumati moliyalagan.

"Hukumatlar va tashkilotlar seks haqida ochiq gapirishi oson emas. Mana shunday vaziyatda biz yordamga oshiqamiz. Kanalimiz orqali yoshlarning diqqatini tortamiz, ma'lumotli qilamiz", - deydi "MTV" rasmiysi Jorjiya Arnold.

Delegates expressed hope that partnering between the private sector and governments can provide improved access to contraceptives and family planning advice.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG