Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 17-fevral, 2025
1
Ugandada politsiya to'rt karra prezidentlikka nomzod Kizza Besijye va boshqa siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qilgan namoyishchilarni hibsga olmoqda.
2
XAMAS garovida qolayotganlarning qarindoshlari va yaqinlari tutqunlikning 500-kuni munosabati bilan O'rtayer dengizida qum soat aks etgan bayroqni namoyish qildi. Unga "Garovdagilarisiz Isroil tugab bormoqda" deb yozilgan.
3
AQShda Prezident kuni nishonlanar ekan, poytaxt Vashingtonda Donald Tramp farmonlariga qarshi namoyish.
4
Meksika poytaxtida shifokorlar maoshlarni oshirish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash talabi bilan namoyishga chiqib, xalqaro aeroport yo'lini to'sib qo'ydi.