Breaking News

Saylovga bir kundan oz vaqt qoldi


Seshanba kuni amerikaliklar prezidentga ovoz beradi. Aslida ovoz berish ancha oldin boshlangan. Sirtdan va pochta orqali ovoz berganlar soni 93 milliondan oshgani aytilmoqda. Bu 2016-yil saylovida qatnashgan jami 136,5 million amerikalikning 67 foizidir.

Xalqaro hayot – 2-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:40 0:00

Asosiy da’vogarlar respublikachi Donald Tramp va demokrat Jo Bayden shaharma-shahar, shtatma-shtat yurib, saylovchilarni unga ovoz berishga da’vat etmoqda.

Tramp saylov shtabi maslahatchisi Jeyson Millerning aytishicha, amaldagi rahbar tarixan demokratlarga ovoz beradigan hududlarda saylovchilari sonini oshirishga muvaffaq bo’lgan, ayniqsa qora tanli va latinolar orasida.

“Elektoratda katta o’zgarishlar kuzatilmoqda. Jo Baydenning respublikachilar 1972-yildan beri saylovlarda g’alaba qozonolmagan Minnesotaga borgani demokratlarning ayrim shtatlardagi o’zgarishlardan xavotirga tushganidan dalolatdir”, - deydi u.

Demokratlar odatda respublikachilarni qo’llab-quvvatlaydigan shtatlarda kurash murosasiz kechishini bashorat qilmoqda. Bayden va vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Harris 2016-yilda Trampni saylagan Texas, Jorjiya va Ayova shtatlarida yaqinda targ’ibot o’tkazdi.

Bayden saylov shtabida katta maslahatchi Anita Dannning aytishicha, bu galgi saylovda rekord miqdorda odam qatnashadi, chunki xalq o’zgarishlarga tashna.

“Saylovchilarning erta ovoz berganidan ularning g’ayratini ko’rsa bo’ladi”, - deydi u.

Saylov natijalari qachon ma’lum bo’lishi hozircha aniq emas, chunki pochta orqali ovoz bergan odamlar byulletenlarini olib hisoblashga bir necha kun ketishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG