Breaking News

“Katta Yettilik” Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etadi


Rossiya harbiy-fazo kuchlari Ukrainaning qator shaharlarida energetika infratuzilmasini nishonga olishi ketidan “Katta Yettilik” guruhiga a’zo davlatlar rahbarlari virtual majlis qilib, Ukrainaga yordamni to’xtatmaslikka va’da berdi.

Xalqaro hayot - 12-oktabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:20 0:00

"Katta Yettilik” Ukrainaga qarshi terror harakatlariga mas’ul shaxslarning javobgarlikka tortilishi haqida bayonot ham chiqardi. Rossiyaning hozirgi siyosiy rahbariyatidan boshlab terrorchi manfaatlarga xizmat qiluvchi odamlargacha”, - dedi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Oq uy matbuot kotibasi Karin Jan-Pyerning aytishicha, majlis chog’ida guruh rahbarlari Ukrainani iqtisodiy, xavfsizlik va gumanitar yordam bilan ta’minlash harakatlarini muvofiqlashtirdi.

“Prezident Bayden guruhdagi hamkorlar bilan Ukraina havo mudofaasi salohiyatini kuchaytirishga urg’u berish uchun yana nima qilish mumkinligini muhokama qildi”, - deydi rasmiy.

Kreml G’arbning Ukrainaga harbiy yordami mojaroni kuchaytirib, Rossiya va NATO o’rtasida bevosita to’qnashuvga olib kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Ukraina havo mudofaasi tizimini kuchaytirish ayniqsa so’nggi hujumlardan so’ng dolzarbdir.

“Rossiya bosqinidan so’ng mamlakatdan qochgan ukrainaliklarning asta-sekin qaytishiga zamin hozirlangan bo’lardi. Prezident Zelenskiy esa urushdan jiddiy zarar ko’rgan iqtisodiyotni jonlantirish bilan shug’ullanardi”, - deydi “Yangi Amerika xavfsizligi markazi”dan Bekka Vasser.

AQSh urush boshidan beri Ukrainaga xavfsizlik va mudofaa xarajatlari uchun 16 milliard dollardan ko’p pul ajratgan.

“AQSh va hamkor davlatlar Ukrainaga havo mudofaasi tizimidan u-bu narsa bergan, biroq “Patriot” tizimiga o’xshash yirik strategik darajada hech narsa berilmadi”, - deydi Vashingtondagi Gudzon tahlil institutidan Lyuk Kofi.

Oq uy taktik ballistik raketalar, qanotli raketalar va ilg’or samolyotlarni urib tushirishga qodir “Patriot” havo mudofaasi tizimini Ukrainaga berish-bermaslik haqida ma’lumot uzatishdan bosh tortyapti.

Bugun NATO Bryusselda majlis qilib, 50 dan ortiq mamlakat mudofaa rasmiylari aynan Ukraina havo mudofaasi tizimini kuchaytirish xususida fikr almashdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Rossiyaning hafta boshidagi havo hujumlari Ukraina xalqi qat’iyatini kuchaytirib, xolis niyatli mamlakatlarni yanada birlashtirdi.

Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov AQShning “HIMARS” yalpi hujum reaktiv tizimidan yana to’rttasini hamda Germaniya va’da qilgan to’rtta “IRIS” havo mudofaasi tizimining birinchisi olinganini ma’lum qildi.

"Ukraina ushbu tizim bilan o’zini himoya qila olishi muhimdir. Kelasi yili tizimning qolgan uchtasi yetkaziladi”, - dedi Germaniya Mudofaa vazirasi Kristin Lambrext.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG