Breaking News

Bayden Gruziyadagi siyosiy va iqtisodiy islohotlarni olqishladi


Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden (o'ngda) seshanba kuni Oq uyda Gruziya Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili bilan ko'rishdi.
Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden (o'ngda) seshanba kuni Oq uyda Gruziya Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili bilan ko'rishdi.

Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Oq uyda Gruziya Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili bilan ko'rishdi. AQSh rasmiysi Gruziyada siyosiy va iqtisodiy islohotlarni olqishlab, bu yosh davlatni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz, dedi.

Oq uy bayonotiga ko'ra, Bayden Gruziyaning G'arb tomon yaqinlashish yo'lidagi sa'y-harakatlaridan mamnun.

Kvirikashvili esa joriy yil Gruziyada rejalangan saylovlar erkin va adolatli o'tishiga ishonch bildirdi.

Kvirikashvilining "Umid" partiyasi sobiq rahbar Mixail Saakashvilining partiyasi bilan kuch sinashishi kutilmoqda. Saakashvilining partiyasi 2012-yilgi parlament saylovlarida aynan "Umid" partiyasiga yengilgan edi.

Bosh vazirning aytishicha, rasmiy Tbilisi G'arb bilan rishtalarni mustahkamlash qarorida qat'iy. Shu bilan birga, qo'shni Rossiya bilan iqtisodiy hamda siyosiy aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Ikki mamlakat 2008-yilda besh kun urush qilgan va oqibada Gruziyaning ikki rusiyzabon hududi mamlakatdan bo'linib chiqqan edi.

AQSh-Gruziya va xalqaro hamkorlik - US-Georgia/International Coalition
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

Futbol - birdamlik garovi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:13 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG