Breaking News

Davlat departamenti g'ayratli yoshlarni mukofotladi


Davlat kotibining Ta'lim va madaniy aloqalar bo'yicha muovini Evan Rayan g'oliblarni muborakbod etmoqda, 20-aprel, 2016-yil.
Davlat kotibining Ta'lim va madaniy aloqalar bo'yicha muovini Evan Rayan g'oliblarni muborakbod etmoqda, 20-aprel, 2016-yil.

Jahonning turli burchaklaridan o'n nafar yigit-qiz jamiyatga qo'shgan hissasi uchun taqdirlandi. Davlat departamentining Yetishib kelayotgan liderlarni mukofotlash va almashinuv dasturi 16-24 yoshdagi g'ayratli insonlarga atalgan.

Tunislik Ahlam Nasraviy bu nishon vatanidagi yoshlarni ham ilhomlantirishini aytadi.

"Yurtimdagi yoshlarni jamiyat jayoti, siyosatga jalb qilish juda muhim. Chetdan qarab turish emas, qarorlar qabul qilishda qatnashishimiz kerak", - deydi u.

G'azolik Basil Almadxun almashinuv dasturi bo'yicha Oregondagi maktabda o'qigan. O'sha yerda bahslarda qatnashish va ma'ruzalar qilishga ixlos qo'ydi va yurtiga qaytib ham shu ishni davom ettirdi.

Vatanida "TEDx" ruknidagi video ma'ruzalar tashkil qilib, falastinlik yoshlarga minbarni berdi.

Bu yilgi sovrindorlar quyidagilardir:

Ahmad Shakib Mohsanyar, (Afg'oniston);

Nino Naitashvili (Gruziya);

Zulfirman Rahyantel (Indoneziya);

Basel Almadxun (Falastin);

Asha Hassan (Keniya);

Ahlem Nasraviy (Tunis).

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG