Breaking News

Jorjiya saylovchilari AQSh siyosatini belgilash arafasida


Jorjiyada erta ovoz berish

AQSh Senatiga kirmoqchi bo’lgan ayrim nomzodlar ham saylovlarning ikkinchi bosqichida yuzlashishi kutilmoqda. Jorjiya shtatidan yuqori palataga ikkita o’rin bo’sh turibdi. G’oliblar Senatdagi kuchlar muvozanatini belgilaydi. Saylov 5-yanvarga belgilangan, ammo ayrim fuqarolar erta ovoz bermoqda.

Xalqaro hayot – 30-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:20 0:00

Prezident Donald Tramp respublikachi nomzodlarni qo’llab-quvvatlash uchun tashviqotga qattiq kirishgan.

“Jorjiya saylovchilari Senatdagi har bir qo’mitani qaysi partiya vakili boshqarishini, yangi qonunlarni kim yaratishini, soliq to’lovchilar pulini kim nazorat qilishini belgilaydi”, - dedi Tramp.

Har ikki poyga murosasiz kechishi kutilmoqda.

Respublikachi senator Kelli Loffler o’z o’rnini saqlab qolishga umid qilmoqda. Uning raqibi demokrat Rafael Vornok ommaviy so’rovlarda u bilan teng ketmoqda.

Demokrat nomzod Jon Ossoffga qarshi yuzlashayotgan yana bir respublikachi senator Deyvid Perdyuga ham qayta saylanish oson bo’lmasligi aytilmoqda.

Vakillar palatasida demokratlar kichik ustunlik bilan hukmron, Senatda esa respublikachilar. 5-yanvar kuni Tramp partiyasi Senatdagi ustunlikni boy berib qo’yishi mumkin.

“Agar har ikki demokratik nomzod g’alaba qozonsa, Senat 50 ta respublikachi va 50 ta demokratdan iborat bo’ladi”, - deydi tahlilchi Sherri Bebich Jeffe.

Qonunga ko’ra, mamlakat vitse-prezidenti Senatga raislik qiladi, hal qiluvchi ovozga ega. 20-yanvar kuni vitse-prezidentlikka qasamyod keltirishi kutilayotgan demokrat Kamala Harris qonunchilik bo’yicha ovozlar teng bo’lgan taqdirda vaziyatga aralashadi.

O’tmishda prezidentlikka nomzod respublikachilarga ovoz berib kelgan Jorjiya shtati saylovchilari 3-noyabr kuni Jo Baydenni tanladi.

“Bu demokratlar uchun yirik g’alaba bo’ldi. Senat uchun saylovda ham har ikki o’rinni qo’lga kiritishga imkon bor ularda. Nazarimda, kelajakda janubdagi boshqa shtatlarda ham Jorjiya kabi ittifoqlarga guvoh bo’lamiz”, - deydi Los-Anjeles shahridagi Pet Braun institutidan Rafael Zonenshayn.

Gap qora va oq tanli, osiyolik hamda ispanzabon amerikalik saylovchilar ittifoqi haqida ketmoqda.

“Demokratlar saylovchi bilan yuzma-yuz muloqotga zo’r beryapti. Hatto pandemiya paytida ham uyma-uy yurishibdi”, - deydi mutaxassis.

Jorjiyadagi saylov uchun pul to’plashga kelganda respublikachilar peshqadam. Ushbu poyga AQSh siyosati yo’nalishini belgilaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG