Breaking News

Germaniya migratsiyaga qarshi siyosatini kuchaytirmoqda


Germaniya migratsiyaga doir qonunlarini kuchaytirish va siyosiy boshpana ololmagan muhojirlarni deportatsiya qilish rejasini e’lon qildi. Saylovlar yaqinlashgani va Isroil-XAMAS ixtilofi davom etgani sari migratsiya mavzusi ko’p muhokama qilinmoqda.

Xalqaro hayot - 10-noyabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Joriy yilning birinchi to’qqiz oyida Germaniyada 230 ming odam siyosiy boshpanaga ariza topshirdi. Bu 2022-yilning 12 oyiga qaraganda ancha ko’p. Migrantlar uchun ajratilgan boshpanalar to’lib qolgan, regional hukumatlar ularni moliyalash qimmatga tushayotganidan nolimoqda.

Kansler Olaf Shols dushanba kuni 16 ta viloyat hokimlari bilan uchrashib, migratsiyani kamaytirishga kelishib oldi.

“Nazarimda tarixiy davrga, so’zsiz katta muammoga, ko’p sonli migrantlar oqimiga yuz tutyapmiz”, - dedi Shols.

Kelishuvga ko’ra, federal hukumat kelasi yili shtat va shahar ma’muriyatlariga har bir qochqin uchun sakkiz ming dollardan to’laydi, siyosiy boshpana da’vogarlariga imtiyozlar kesiladi. Shols ularning arizalari bo’yicha qarorlar tezlashtirilishini aytdi, bu esa qochqinlik maqomini ololmaganlarni deportatsiya qilishni osonlashtiradi.

Bu Sholsdan oldingi rahbar Angela Merkelning siyosatidan tubdan farq qiladi. 2015-yilda Merkel bir milliondan oshiq qochqinga chegaralarni ochgan edi.

Iyun oyida Germaniyada Yevropa parlamentiga saylovlar o’tkaziladi. Tahlilchi Kamino Mortera-Martines Shols saylovga qarab siyosat yuritayotganini aytadi.

“Ovozlarni qo’lga kiritish uchun hukmron partiyaga ittifoqchi partiyalarga migratsiya masalasida qattiqroq turish tavsiya qilinmoqda, aks holda ovozlar ulardan ancha radikal deya ko’rilayotgan “Germaniya uchun muqobil tanlov” partiyasiga ketib qoladi”, - deydi “Yevropa islohoti markazi” eksperti.

Unga ko’ra, Isroil-XAMAS ixtilofi ham immigratsiya bo’yicha muhokamalarni kuchaytirmoqda.

Har yili yuz minglab migrantlarni qabul qilayotgan Italiya Albaniyada siyosiy boshpanaga da’vogarlar arizalarini ko’rib chiqadigan markazlar ochishga kelishib oldi.

Italiya bosh vazirasi Yevropa Ittifoqiga a’zo va a’zo bo’lmagan mamlakatlar shu kabi kelishuvlar asosida o’zaro ish ko’rishi mumkinligiga ishora qilmoqda, biroq tanqidchilar bunday rejalarning xalqaro qonunga xilof ekanini ta’kidlayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG