Breaking News

Jahon bozorida tillaga talab yanada oshgan


Jahon bozorida tillaga talab yanada oshgan
Jahon bozorida tillaga talab yanada oshgan

Oltin hamisha eng ishonchli sarmoya bo'lib kelgan. Siyosiy va iqtisodiy tanazzulga doimo chidab bergan bu qimmatbaho metal narxi keskin ko’tarilib, bir grammi qariyb 57 dollar.

Tilla qimmatlab, bozor ahli talvasaga tushib qolganday. Tadbirkor ko’proq oltin xarid qilish g’amida. Oddiy odamlar esa sotib qolsam, deydi. Zeb-ziynatdan ko’zing qamashadi.

“Qo’limdagi tilla uchun kamida 4 ming dollar berishadi”, - deydi Jin Ferman, nufuzli zargarlik kompaniyasi xodimi.

“Rosa qimmatladi. Dunyoning qaysi davlatiga qaramang, iqtisod pachava. Oxirgi uch kun ichida taqinchoqlarini sotayotganlar soni 25-40 foizga oshdi”.

Metal sifatini aniqlash uchun ko’p vaqt kerak emas.

“Tillani olamiz-da, toshga ishqalab ko’ramiz. Yaxshigina iz qoladi. Agar toshdagi rang o’zgarmasa, demak 14 karatli, qoraysa, bilingki, 10 karatli tilla ekan”, - deydi Ferman.

Jahon bozorida tillaga talab yanada oshgan
Jahon bozorida tillaga talab yanada oshgan

Nyu-Yorklik Mendi javohirini ko’tarib kelgan mijozlardan biri. Bu qarorga kelishi uchun sabablari kam emas - Iqtisod, ishsizlik, ijara haqi.

O’tgan yili Mendining turmush o’rtog’i olamdan o’tdi. Ko’p o’tmay ishini yo’qotdi. Tillani sotib, 3500 dollar haq oladi. Uning holidagi odam uchun katta pul.

“Yaxshi kunlarimni eslatadi bu taqinchoqlar, lekin xotiralar qorinni to’yg’azishi qiyin”, - deydi ayol.

Greg Silverman iqtisodchi, tadbirkor. Sobiq ma’shuqasi bergan sovg’ani sotmoqchi.

“Pulning ortiqchasi yoki ko’pi bo’lmaydi. Bekorga yotadimi? Oltin pishiq sarmoya. Nafaqa fondimda saqlab qo’yganman tilladan. Juda arzonlashishiga ishonmayman. Ishongan tog’im, bank hisobim bu sariq metal”, - deydi Silverman.

Besh yil oldin bu xon mahsulotning bahosi 500 dollardan kam edi. Amerika va Yevropa iqtisodiyoti bir ahvolda ekan, sarmoyadorlar uchun har qanday qog’oz puldan shu qimmatbaho metal afzal.

Ba’zilar tillaning bahosi 2000 dollarga yetadi desa, boshqalar o’zgarmas narsaning o’zi yo’q, narx-navo shart tushishi hech gap emas, deydi.

XS
SM
MD
LG