Breaking News

Amerikadagi o'zbeklar vatandan uzoqlashishni istamaydi

"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova, "Tashabbus" rahbari Dilorom Abdullaeva, "Vatandosh" faoli Dilshod Zokirov, Chikagodagi O'zbek-Amerika Uyushmasi faollari Akmal Jumaboyev va Olimjon Sharipov, "Vatandosh" gazetasi bosh muharriri Behzod Muhammadiy Jorj Vashington universitetidagi davra suhbatida

Jorj Vashington universitetida O’zbekistonga bag’ishlangan anjumanda har xil davlatlardan vatandoshlar jam bo’lib siyosat, tirikchilik, iqtisod va Amerikadagi hayot haqida gaplashdi. Dadil savollar, dadil javoblar bo’ldi.

Amerikadagi o'zbeklar vatandan uzoqlashishni istamaydi - Nasiba Tohir lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:44 0:00

Yarim soatlik kundalik radio eshittirishni tugatib, bir kunlik anjumanning uchinchi qismiga yetib bordim. AQShdagi o’zbeklar hayoti haqida gurungga.

Amerikaliklar “crème of the crop” deydi, jamiyatning oldi yig’ilgan edi. Ular Qo’shma Shtatlarda hayotning past-balandi, yutuqlar, hammaning boshiga tushadigan mashaqqatlar va yechimlar haqida gapira ketdi. Ulardagi dadillik elektr tokidek auditoriyaga ham o’tayotganday edi. “Amerika Ovozi” jurnalisti Navbahor Imamova muhokamani olib borar ekan, ma’ruzachilarni birma-bir minbarga taklif qildi.

Dilorom Abdulloyeva advokat, Vashingtonda asoslangan "Tashabbus” nodavlat tashkilotining Prezidenti. Hamkasb yuristlar bilan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirib keladi. Besh yil oldin oddiy blog shaklida boshlangan tashabbus bugun O’zbekistonda, masalan, butun boshli sinf o’quvchilarini paxtaga haydalishdan saqlab qola oldi. Yoki paxta dalasidan qaytayotib jarohat olgan ishchilarga pul undirib berdi. Yoki deylik, O’zbekistonda o’quvchi qizlarning maktabga hijobda qatnash huquqini himoya qilish bo’yicha katta ishlarni amalga oshirdi.

Dilshod Zokirov “Vatandosh” O’zbek-Amerika jamiyatining vakili. Nyu-York tevaragida yurtdoshlarning boshini qo’shish, AQShdagi hayotga ko’nikishi va oyoqqa turishida yordam beradi. O’zidan qiyos: grin karta bilan kelib, tirishib ingliz tilini shu yerda o’rgangan, oddiy jamoat kollejidan keyin hozir katta universitetda huquqdan ta’lim olmoqda.

Behzod Mamadiev ham O’zbekiston, ham Amerikadagi jamiyat hayotini yoritayotgan “Vatandosh” gazetasining bosh muharriri. Nashr g’oyasi bilan chiqqan Farhod Sulton bilan boshidan ishlagan, gazetani gazeta qilgan jurnalist.

“Moliyaviy sabablar bilan “Vatandosh” bugun faqat onlayn ishlayapti, bosmadan chiqmay qo’ydi. Bunaqa nashrlarga ehtiyoj nihoyatda katta. Ayniqsa, bugun o’zbekistonlik bir necha muhojir “Islomiy davlat” guruhiga aloqadorlik gumoni bilan ushlangan bir paytda. Jamiyatni yon-atrofda nimalar bo’layotgani haqida ogoh qilib turadigan, o’zbek tilida chiqadigan gazetalar juda kerak”, - deydi Behzod Mamadiyev.

Olimjon Sharipov va Akmal Jumaboyev Chikagodagi yurtdoshlar tuzgan O’zbek-Amerika uyushmasidan. Dilkash insonlar, ingliz tilida yaxshigina suxandon.

Ular o’zbek madaniyatini, tilini saqlab qolish, jamiyatni bilimli qilish va ayni paytda ingliz tilini puxta egallashning ahamiyati haqida gapirdi. Ularning muhim maslahatlaridan biri shu bo’ldiki, yoshlar ham, kattalar ham islom haqida boxabar bo’lsin, toki yanglish da’vatlarga uchmasin.

Qatnashchilar bugungi marralarga yetish uchun qattiq mehnat qilgan insonlar.

“Men sotsialist, kommunist tuzumda tug’ilganman. Qurilish kompaniyasining direktori edim. Amerikaga kelib esa, ishni oddiy xonadonda supurib, tozalashdan boshladim. Tilni bilmas edim. O’zbek-Amerika uyushmasini boshlashimizdan maqsad ham yurtdoshlarning tezda til o’rganishini, tezda oyoqqa turib ketishini ta’minlashdir”, - deydi Olimjon Sharipov.

Akmal Jumaboyev Qo’shma Shtatlarga birinchi kelgan damlarini ko’zi ochilmagan mushuk bolasiga qiyoslaydi.

“2000-yillar boshi. Internet qimmat, email, Facebook, Whatsapp, chatlarni bilmas edik. Ma’lumot topish juda qiyin edi. Bundan tashqari, vatandoshlar ingliz tilini yaxshi bilmaydi. O’z madaniyatini unutmagan holda, o’zbeklarning AQShga singib ketishi juda muhim deb hisoblayman”, - deydi Akmal Jumaboyev.

Dilorom Abdulloyeva maktab yillari Amerikada o’qib ketgan, keyin taqdir uni yana Qo’shma Shtatlarga olib keldi. Bu davlatda hayot boshlar ekansiz, tajribali murabbiydan kasb borasida maslahat, Amerikaning chig’iriqlarini bilgan tengdoshdan tavsiyaning o’rni beqiyos, deydi u. Bugungi jamiyatlar, avvalo, mana shu vazifani bajarishi zarur.

Dilshod Zokirov muhojir Amerikaga endi kelganida oddiy muloqotga tashna bo’ladi, deydi.

“O’zim ham shunday edim. Uydagiday yaqinlar, qo’ni-qo’shni yonimda emas, kimgadir dardimni to’kib solgim keladi. Vatanda-ku har hafta do’stlar bilan ko’rishib turasiz. Amerikada oldingda maslahatchi odaming bo’lsa va hayotiy ko’nikmalarni aytib tursa. Masalan, onlayn xizmatlarni bilmasdim, hujjatlarni qayerga topshirishdan xabarim yo’q edi”, - deydi Dilshod Zokirov.

Muhokamani kuzatar ekansiz, Vashington va Nyu-Yorkdagi o’zbeklar huquqiy savodxonlik, faol fuqarolik pozitsiyasi haqida gapirishga xayrixohday. Chikago uyushmasi vakillari asosiy e’tiborni madaniyat, til, ta’limga berish bilan cheklanadi. Shu bilan birga, “Vatandosh” gazetasini ta’sis etgan mualliflar avval boshdan kelishib olgan - nozik siyosiy mavzularga tegilmaydi. Jamiyatlar ham bu mavzularni aylanib o’tadi. Shu bois siyosiy boshpana olib kelgan vatandoshlar, muxolifatchilar ayri, bu uyushmalar ayri. Navbahor Imamova nazarida asosiy sabab shuki, muhojirlar vatanga bemalol borib-kelish imkonini boy berishni istamaydi. Shu sabab ular O’zbekiston elchixonasi va konsulligi bilan yaqindan ishlaydi. Deylik, elchixona darsliklar, boshqa o’quv qurollari bilan ta’minlaydi. Xo’sh, bundan tashqari, Amerikadagi vatandoshlarga O’zbekiston hukumatidan qanday yordam zarur?

“O’zbekiston konsulligi va elchixonasi bilan, masalan, madaniy tadbirlar, bayramlar o’tkazishda birga ishlaymiz. Bu rost. Ammo Vashingtondagi elchixona va Nyu-Yorkdagi konsullik fuqarolarga xizmat ko’rsatishda islohotlar qilishi kerak. O’zbekistonda rasmiy idoralardan hafsalasi pir bo’lgan fuqarolar Amerikada ham o’sha tajribasiga asoslanib to’g’ri elchixonaga murojaat qilish o’rniga tanishlardan iltimos qilib yuradi. Bunday yondashuv o’zgarishi, elchixona va konsullik fuqarolar bilan muomalaga ochiq ekanini ko’rsatishi kerak”, - deydi Dilshod Zokirov.

Muhojirlar tuzgan bu jamiyatlar ishini davom ettirib rivojlanishi uchun moliya, vatandoshlarning moliyaviy yordami zarur. Yurtdoshlardan 10-20 dollarlik a’zolik badalini undirish uchun ancha mehnat va da’vat zarur, deydi Dilshod Zokirov. Lekin besh yil oldingiga taqqoslaganda, jamoada taraqqiyot loyihalari uchun moliya ajratish yoki ko’ngilli yordam berish an’anasi shakllanib borayapti.

Xullas, jamoalar o’sayapti, ma’nan, shaklan. Bu bilan vatandagi vaziyatga ham ta’sir qilish salohiyatini charxlayapti. Dilorom Abdulloevaning aytishicha, u kabi vatandoshlar Amerikada turib O’zbekistonda salmoqli ijobiy o’zgarishlar qilishga qodir.

Misol, “Tashabbus” tashkiloti onlayn ishlagan holda O’zbekistonda fuqarolarni o’z huquqlaridan boxabar bo’lishga da’vat etayapti. Odamlarning huquqiy savodxonligini oshirayapti, sudga qanday murojaat qilish, haqqini talab qilishni o’rgatayapti. Konstitutsiya va barcha qonunlarda huquqlar batafsil bayon qilingan, ulardan xabardor bo’lib, foydalanishni biling, deya undaydi huquqshunos.

Olimjon Sharipovning aytishicha, Chikago atrofida chamasi ming nafar o’zbekistonlik bor. Yoshlar ilm qilib bakalavr darajasini olayapti, ishga o’rnashib, vatandagi oilalarini qo’llab-quvvatlayapti.

Dilorom Abdulloeva nazarida bu yoshlarni yuristlik-advokatlikka o’qitish, buning uchun jamiyatlar moliya ajratishi ma’qul fikr. Toki ona tilini bilgan yigit-qizlar universitetlarda huquqdan bilimini charxlab, yana tug’ilib o’sgan jamoasiga qaytib, itjimoiy muammolarni ko’tara olsin, vatandoshlari himoyasiga tursin.

"O'zbekiston Tashabbusi" - Vashingtonda anjuman

Olimjon Sharipov, Chikagodagi o'zbeklardan
1/74 Olimjon Sharipov, Chikagodagi o'zbeklardan
"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova, "Tashabbus" rahbari Dilorom Abdullaeva, "Vatandosh" faoli Dilshod Zokirov, Chikagodagi O'zbek-Amerika Uyushmasi faollari Akmal Jumaboyev va Olimjon Sharipov, "Vatandosh" gazetasi bosh muharriri Behzod Muhammadiy Jorj Vashington universitetidagi davra suhbatida
2/74 "Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova, "Tashabbus" rahbari Dilorom Abdullaeva, "Vatandosh" faoli Dilshod Zokirov, Chikagodagi O'zbek-Amerika Uyushmasi faollari Akmal Jumaboyev va Olimjon Sharipov, "Vatandosh" gazetasi bosh muharriri Behzod Muhammadiy Jorj Vashington universitetidagi davra suhbatida
"O'zbekiston Tashabbusi" loyihasi
3/74 "O'zbekiston Tashabbusi" loyihasi
Jorj Vashington universiteti Markaziy Osiyo bo'limi rahbari Marlen Laruel so'zlamoqda
4/74 Jorj Vashington universiteti Markaziy Osiyo bo'limi rahbari Marlen Laruel so'zlamoqda
Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
5/74 Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
Vatandoshlar davra suhbati
6/74 Vatandoshlar davra suhbati
Vatandoshlar davra suhbati
7/74 Vatandoshlar davra suhbati
"Vatandosh" a'zosi Dilshod Zokirov so'zlamoqda
8/74 "Vatandosh" a'zosi Dilshod Zokirov so'zlamoqda
Vatandoshlar davra suhbati
9/74 Vatandoshlar davra suhbati
"Vatandosh" bosh muharriri Behzod Muhammadiy
10/74 "Vatandosh" bosh muharriri Behzod Muhammadiy
Akmal Jumaboyev, Chikago o'zbeklaridan
11/74 Akmal Jumaboyev, Chikago o'zbeklaridan
The Paddington Bear balloon floats down Central Park West during the 90th annual Macy's Thanksgiving Day Parade.
12/74 The Paddington Bear balloon floats down Central Park West during the 90th annual Macy's Thanksgiving Day Parade.
Vatandoshlar davra suhbati
13/74 Vatandoshlar davra suhbati
Vatandoshlar davrasida
14/74 Vatandoshlar davrasida
Olimjon Sharipov, Chikagodagi o'zbeklardan
15/74 Olimjon Sharipov, Chikagodagi o'zbeklardan
Vatandoshlar davra suhbati
16/74 Vatandoshlar davra suhbati
Akmal Jumaboyev, Chikagodagi o'zbeklardan
17/74 Akmal Jumaboyev, Chikagodagi o'zbeklardan
The Paddington Bear balloon floats down Central Park West during the 90th annual Macy's Thanksgiving Day Parade in New York.
18/74 The Paddington Bear balloon floats down Central Park West during the 90th annual Macy's Thanksgiving Day Parade in New York.
"Tashabbus" rahbari Dilorom Abdullaeva
19/74 "Tashabbus" rahbari Dilorom Abdullaeva
Vatandoshlar davra suhbati
20/74 Vatandoshlar davra suhbati
Vatandoshlar davra suhbati
21/74 Vatandoshlar davra suhbati
Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
23/74 Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
24/74 Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
25/74 Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Timur Dadaboyev bu davlat, Xitoy va Rossiyaning O'zbekistonga nisbatan siyosati haqida ma'ruza o'qidi
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
26/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
27/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Migratsiya, iqtisod, qishloq xo'jaligi muhokamada
28/74 Migratsiya, iqtisod, qishloq xo'jaligi muhokamada
Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
29/74 Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
Vatandoshlar
30/74 Vatandoshlar
Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
31/74 Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
32/74 Chikagodagi vatandoshlar olib kelgan namunalar
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
33/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
34/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
35/74 Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
36/74 Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
37/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
38/74 Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
39/74 Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
40/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
41/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Migratsiyaning iqtisodiy ta'siri haqida munozara
42/74 Migratsiyaning iqtisodiy ta'siri haqida munozara
O'zbekiston kelajagi haqida munozara
43/74 O'zbekiston kelajagi haqida munozara
O'zbekiston elitasi haqida munozara
44/74 O'zbekiston elitasi haqida munozara
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
45/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
46/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
47/74 The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
48/74 The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
49/74 The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
Qatnashchilar va mehmonlar
50/74 Qatnashchilar va mehmonlar
Tadqiqotchi Farrux Irnazarov, Jorj Vashington universitetida malaka oshirmoqda
51/74 Tadqiqotchi Farrux Irnazarov, Jorj Vashington universitetida malaka oshirmoqda
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
52/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
53/74 Nyu-York universitetida tadqiqotchi Faxmiddin Fozilov O'zbekiston-Xitoy energetik hamkorligi haqida ma'ruza o'qidi
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
54/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
55/74 The Uzbekistan Initiative Workshop, George Washington University, April 6, 2015
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
56/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Germaniyaning Leibniz institutida qishloq xo'jaligi va taraqqiyot sohasida izlanayotgan Nodir Jonibekov O'zbekiston fermer xo'jaliklari va tirikchilik haqida ma'ruza qildi
57/74 Germaniyaning Leibniz institutida qishloq xo'jaligi va taraqqiyot sohasida izlanayotgan Nodir Jonibekov O'zbekiston fermer xo'jaliklari va tirikchilik haqida ma'ruza qildi
Germaniyaning Leibniz institutida qishloq xo'jaligi va taraqqiyot sohasida izlanayotgan Nodir Jonibekov O'zbekiston fermer xo'jaliklari va tirikchilik haqida ma'ruza qildi
58/74 Germaniyaning Leibniz institutida qishloq xo'jaligi va taraqqiyot sohasida izlanayotgan Nodir Jonibekov O'zbekiston fermer xo'jaliklari va tirikchilik haqida ma'ruza qildi
Munozaralar paytida
59/74 Munozaralar paytida
Munozaralar paytida
60/74 Munozaralar paytida
Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
61/74 Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
O'zbekiston siyosati muhokamada
62/74 O'zbekiston siyosati muhokamada
Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
63/74 Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
64/74 Avstraliyaning Griffit universitetida tadqiqotchi Jahongir Qahhorov mehnat migratsiyasi va daromadning O'zbekistonga ta'siri haqida ma'ruza o'qidi 
Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
65/74 Uzoq yillar O'zbekiston hukumatida moliya sohasida ishlagan Shermamat Abdullazoda respublika iqtisodiyoti xususida so'zladi
Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
66/74 Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
67/74 Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
68/74 Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
O'zbekiston siyosati haqida davra suhbati
69/74 O'zbekiston siyosati haqida davra suhbati
Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
70/74 Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
71/74 Kamoliddin Rabbimov Islom Karimov prezidentlik davri tugagach nima bo'lishi mumkinligi haqida so'zladi
Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
72/74 Fransiyadan kelgan Kamoliddin Rabbimov O'zbekistondagi siyosiy dinamika haqida so'zlamoqda
O'zbekiston siyosatiga bag'ishlangan munozara
73/74 O'zbekiston siyosatiga bag'ishlangan munozara
Vatandoshlar davra suhbati
74/74 Vatandoshlar davra suhbati
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Nasiba Tohir

    Nasiba Tohir "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatida 2006-yildan beri ishlab keladi. Boshlovchi, prodyuser, muharrir, teleoperator. 

This item is part of
XS
SM
MD
LG