Breaking News

Saudiya Arabistonida haj ziyoratida o'lganlar soni 700 dan oshdi

Millionlab musulmonlar Saudiya Arabistonida haj ziyoratini ado etar ekan, Mino shahridagi tiqilinchda o'lganlar soni 700 dan oshdi.

Voqea ibodatning so'nggi yirik amali bo'lmish shaytonga tosh otish marosimi paytida ro'y bergan. Saudiya rasmiylari fojeada 805 odam jarohatlangani haqida ma'lum qilmoqda.

Twitter tarmog'ida qo'yilgan suratlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini, yuzlab ziyoratchilar kasalxonaga olib ketilayotganini ko'rish mumkin.

O'zbekiston Musulmonlari diniy idorasidan olingan dastlabki ma'lumotga qaraganda, Minoda o'lganlar orasida o'zbekistonliklar yo'q.

O'zbekistondan bu yili besh mingdan ziyod odam Makkaga ketgan.

Islom olamida Qurbon hayiti

Kashmirda yosh qiz qo'liga xina qo'ymoqda, Shrinagar, Hindiston, 23-sentabr, 2015-yil.
1/7 Kashmirda yosh qiz qo'liga xina qo'ymoqda, Shrinagar, Hindiston, 23-sentabr, 2015-yil.
Ayrollar Qurbon hayiti uchun taqinchoqlar sotib olmoqda, Shrinagar, Hindiston, 23-sentabr, 2015-yil.
2/7 Ayrollar Qurbon hayiti uchun taqinchoqlar sotib olmoqda, Shrinagar, Hindiston, 23-sentabr, 2015-yil.
Pokistonda tuya qurbonlik uchun hozirlanmoqda, Karachi, 22-sentabr, 2015-yil.
3/7 Pokistonda tuya qurbonlik uchun hozirlanmoqda, Karachi, 22-sentabr, 2015-yil.
Usta bayram kuni bozorga olib chiqib sotish uchun pichoqlarini tayyorlamoqda, Karachi, 22-sentabr, 2015-yil.
4/7 Usta bayram kuni bozorga olib chiqib sotish uchun pichoqlarini tayyorlamoqda, Karachi, 22-sentabr, 2015-yil.
Falastinda ham bayram shukuhi hukmron, Nablus, 23-sentabr, 2015-yil.
5/7 Falastinda ham bayram shukuhi hukmron, Nablus, 23-sentabr, 2015-yil.
Afg'on bola qurbonlik uchun olingan qo'yni yelkasida ko'tarib ketmoqda, Kobul, 22-sentabr, 2015-yil.
6/7 Afg'on bola qurbonlik uchun olingan qo'yni yelkasida ko'tarib ketmoqda, Kobul, 22-sentabr, 2015-yil.
Safarda yurganlar bayramgacha uyiga yetib borish uchun Dakadagi temiryo'l bekatida chipta uchun navbatda turibdi, 19-sentabr, 2015-yil.
7/7 Safarda yurganlar bayramgacha uyiga yetib borish uchun Dakadagi temiryo'l bekatida chipta uchun navbatda turibdi, 19-sentabr, 2015-yil.
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG