To'fon changalidan chiqqan Texasda endi suv toshqinlari

Xarvi nomli to'fon Texas shtatiga ulkan tahdid solayotgan edi lekin mutaxassislar uning xavf darajasini pastroq deya baholab, tropik dovul deya ta'riflamoqda. Suv toshqinlariga tayyor turish kerak, deydi ekspertlar.

Texas gubernatori Greg Abbott deydiki, shtat bo'ylab favqulodda choralar ko'rilmoqda. Qattiq yog'ingarchilik boshlangan va bir necha soat davom etishi aniq, deydi u.

Xarvi Texasni urganida tezligi soatiga 209 kilometrni tashkil etgan. Minglab aholi evakuatsiya qilingan. Jarohat ko'lami oz va hech kim halok bo'lmagan, deya bayon qildi gubernator. Qutqaruv ishlariga 1000 maxsus xizmatchi safarbar etilgan. O'nlab jamoat markazlari, maktab va korxonalarga zarar yetgan.

To'liq holda ko'ring

1
2
3
4

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG