Breaking News

Kaliforniya sudlari uysizlarga boshpanadan pochta orqali ovoz berishga imkon berdi


Los-Anjeles - Amerikada uysizlar eng ko'p yashaydigan shahar

Kaliforniya sudlariga ko’ra, uysiz odamlar eng ko’p qayerda vaqt o’tkazsa, ovoz berish uchun o’sha yerdan ro’yxatdan o’tishi mumkin. Ko’ngillilar uysizlar to’planadigan joylarga borib, ularga ro’yxatga o’tishga yordam bermoqda.

Kaliforniya sudlari uysizlarga boshpanadan pochta orqali ovoz berishga imkon berdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00

Los-Anjeles ko’chalaridagi o’n minglab palatkalar. Har oy ularning soni oshmoqda.

Shahar ma’muriyatiga ko’ra, Los-Anjelesda uysizlar muntazam ravishda ko’payib bormoqda. Ayni damda 66 mingdan ziyod odam o’z uyiga ega emas. Aholi ro’yxatga olinar ekan, uysizlar soni aniqlashtiriladi.

“Kaliforniya shtati, jumladan Los-Anjeles bo’ylab, tarixan uysizlarni kamaytirib ko’rsatishadi. Biz jarayonning to’g’ri bo’lishiga, odamlar to’g’ri hisobga olinishiga harakat qilyapmiz”, - deydi “Los-Anjeles missiyasi” tashkiloti rahbari Troy Van.

Aholini ro’yxatga olishda ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, agar uysiz odam ko’chaning o’rtasida uxlayotgan bo’lsa, uni uyg’otish mumkin emas. Anketada uni hisobga olish kifoya.

Kaliforniyada uysizlar uchun ayrim boshpanalar noyabrda bo’ladigan saylovdan oldin ularni ro’yxatga olishda yordam bermoqda.

“Uysiz odamning kundalik ehtiyojlaridan boshqa tashvishi yo’q degan yanglish tushuncha mavjud. Ko’p odamlar hozir koronavirus epidemiyasi tufayli uyidan ayrilmoqda, chunki ishini yo’qotib, ijara haqqini to’lolmayapti. Uysizlarning hammasi ham spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan odamlar emas. Ba’zilari taqdir taqozosi bilan shunday holatga tushib qilgan”, - deydi Van.

Pol ko’p yillardan beri Los-Anjelesning Skid Rou mahallasida yashab keladi. Mamlakat bo’ylab uysizlarning eng katta qismi shahar markazidagi mana shu joyda turadi.

Skid Roudagi ko’p uysizlar kelayotgan saylovlarni faol muhokama qilmoqda.

“Har ikki nomzod menga manzur. Biri hali ham siyosatni o’zlashtirmoqda, ikkinchisida esa siyosiy tajriba keragidan ko’p”, - deydi Pol.

Oldingi saylovlarda uysizlar boshpanlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berardi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab bu yili bunday bo’lmaydi. Uysizlarga boshpana manzilini ko’rsatib, byulletenlarni pochta orqali olishga ruxsat berilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG