Breaking News

Hulkar Matchon: Samarqanddan Amerikaga... Vatan bilan uzilmas rishtalar


Hulkar Matchon 2003-yildan beri Amerikada dars beradi. Universitet talabalariga Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va o'zbek tilini o'rgatadi.

Ogayo davlat universitetida 13 yildan beri Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati hamda o’zbek tilidan dars berib kelayotgan Hulkar Matchon bu yili o’z faoliyatini yakunlar ekan, professorni suhbatga tortdik.

Hulkar Matchonni vatanda ham, xorijda ham biladiganlar ko'p. Pedagog borki, o'quvchilari va talabalari bilan faxrlanadi, chunki ular - uning mehnati mahsuli. Mutaxassis "Amerika Ovozi" bilan telefon muloqotda o'z shogirdlari haqida ilhomlanib gapirib berdi.

Yosh avlodga bilim bergan odam hech qarimaydi, deyishadi. Hulkar Matchon "shu kunlarda betobman" deydi, biroq ayol bilan yarim soatdan ko'p so'zlashib, shuni bildikki, u hamon g'ayratga to'la.

Hulkar Matchon - Samarqand farzandi. O'zbekistonning atoqli adibi Omon Matchonning jiyani. Falsafa fanlari doktori Samarqand davlat universiteti va boshqa dargohlarda dars bergan va taqdir taqozosi bilan Amerikaga kelib qolib, ilmiy faoliyatini yangidan boshlagan. Bu vatandoshingiz aynan ona yurtda olgan bebaho ilmi va orttirgan tajribasiga tayanib, AQShda ish topgan, ishonch va hurmat qozongan.

Suhbatimiz avvalo Hulkar Matchonning AQShdagi ishi xususida kechdi, shuningdek, boshqa muhim mavzular haqida ham gaplashdik: vatan bilan uzilmas rishtalar, bugungi yoshlar, ilm izlayotganlarga maslahat, musofirlikda yurganlarning ona yurtga ta'siri, tirikchilik va ma'naviyat.

Marhamat, tinglang:

Hulkar Matchon o'z shogirdlariga o'zbek tilini lotin va kiril alifbolarida o'rgatadi. Hozirgi zamonda har ikkisini bilgan ma'qul. Talabalar o'zbek tili va mintaqani qanchalik o'rganganini quyidagi videolarda ko'rasiz. "Amerika Ovozi" muxlislari uchun maxsus tayyorlangan video murojaatlar va dars paytida olingan tasvirlar.

O'zbek tili va Markaziy Osiyo tarixini o'rganayotgan amerikalik talaba - Natan Yang
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00

O'zbek tili va Markaziy Osiyo tarixini o'rganayotgan amerikalik talaba - Maykl/Farrux
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:40 0:00

Michael Martin, American student studying Uzbek & Central Asia, wants to go visit Uzbekistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:17 0:00

O'zbek tili va Markaziy Osiyo tarixini o'rganayotgan amerikalik talaba - Teylor/Lola
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

O'zbek tili va Markaziy Osiyo tarixini o'rganayotgan amerikalik talaba - Molli/Nodira
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:40 0:00

O'zbek tili va Markaziy Osiyo tarixini o'rganayotgan amerikalik talaba - Mayk Panaro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:18 0:00

O'zbek tilini o'rganayotgan bo'lajak advokat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:44 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG