Breaking News

Hisobot: dunyo bo'ylab populist siyosatchilar ko'paymoqda


Texas shtatida irqchilik va millatchilikka qarshi o'tgan namoyishlardan biri

"Human Rights Watch" tashkilotining 2018-yilgi hisobotida 90 dan ortiq mamlakatdagi ahvol o'rganib chiqilgan.

Unda ko'plab mamlakatlarda populist siyosatchilar ko'payayotgani xavotir bilan tilga olinadi.

"O'tgan yil demagog va ularning o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishlariga qarshi kurashish qanchalik muhim ekani ayon bo'ldi", - deydi "Human Rights Watch" direktori Kennet Ros.

Rosga ko'ra, avtoritar va shuhratparast siyosatchilar cheklangan vakolat va qonun ustivorligi asosida ishlashi kerak bo'lgan demokratik boshqaruvni ko'pchilik istagi deya o'z xohishlariga ko'ra talqin qilishga urinmoqda.

Hisobotda populizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan davlat sifatida Fransiya misol qilib keltirilgan. Yevropa Ittifoqida qolish tarafdori va liberal siyosatchi Emmanuel Makron prezidentlik saylovida millatchi Marin Le Pen yetakchiligidagi Milliy Front g'oyalarini yenga oldi.

"Human Rights Watch" AQSh Prezidenti Donald Trampni "immigrantlarga qarshi ayirmachi va irqchi" siyosat olib borayotganlikda aybladi, lekin Tramp partiyasidagi ayrim siyosatchilar, sudyalar, huquqshunoslar, jurnalistlar va fuqarolik guruhlari unga qarshi kurashgani uchun olqishlanadi.

Oq uyning aytishicha, Tramp migratsiyani kamaytirishga va'da bergan va xalq uni saylab shunday qilishga vakolat bergan. Tramp ayirmachi ekani haqidagi da'volarni inkor etadi.

Hisobot, shuningdek, Yevropa Ittifoqini Turkiyada yuz bergan siyosiy zo'ravonliklardan ko'z yumayotganlikda ayblaydi. Ayni paytda Bryusselning Vengriya va Polshada hokimiyatga kelgan avtoritar hukumatlarga qarshi turgani olqishlangan.

Hisobotda ayrim kichik mamlakatlarda yuz bergan ijobiy o'zgarishlar ham maqtalgan. Masalan, Yevropadagi Lixtenshteyn davlati Rossiya bosimiga qarshi turib BMT Xavfsizlik Kengashida Suriyadagi urush jinoyatlarini tekshirish haqidagi mexanizm qabul qilinishini yoqlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG