Vengriya 3 ming maxsus askarning qo'liga qurol va ko'zni yoshlantiruvchi gaz tutqazib, chegaraga joyladi. Bosh vazir Viktor Orban bu askarlarni xizmatga yo'llash marosimida.
Vengriya parlamenti chegarada boshpana so'rab turgan barcha insonlarni ushlab, noqonuniy migrantlarni vataniga qaytarib yuborishga doir qonun loyihasini ma'qulladi. BMT Qochqinlar idorasi va inson huquqlari tashkilotlari nazarida bu xalqaro va Yevropa Ittifoqi qonunlariga ziddir.
Vengriya 3 ming maxsus askarning qo'liga qurol va ko'zni yoshlantiruvchi gaz tutqazib, chegaraga joyladi. Ular politsiya va armiyaga yordam beradi.
Bosh vazir Viktor Orbanning aytishicha, migratsiya terrorizmni yetaklab kelmoqda. Kelgindilar bu yurt qoida va madaniyatlariga amal qilmayapti, deydi u.
Inson huquqlari himoyachilari fikricha, migratsiya va terrorizmni tenglashtirish - xato.
Qochqinlar, boshpana so'rab kelayotganlar aynan zo'ravonlik va terrordan qochmoqda, deydi Xalqaro Amnistiya tashkilotidan Todor Gardos.
Qonunga ko'ra, Vengriya kelgindilarni yoppasiga maxsus joylarga qamaydi. Barcha qochqinlar, jumladan, bolalar tikanli panjaralar bilan o'ralgan yerga tashlanadi, deya norozi Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
Yevropa: qochqinlar oqimi davom etmoqda
1/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
2/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
3/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
4/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
5/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
6/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
7/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
8/12Muhojirlar Vengriya janubidagi lagerdan qochmoqda. 8-sentabr, 2015-yil. Vengriya politsiyasi qo'shni Avstriyaga ketayotgan poyezdlarga chiqayotgan bu odamlarni jilovlashga ojizlik qilmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
9/12Bu orada Turkiyadan Gretsiyaga qochqinlar kelishda davom etayapti.
To'liq holda ko'ringShow less
10/12Muhojir va qochoqlar Gretsiyada ro'yxatda o'tayapti.
To'liq holda ko'ringShow less
11/12Somalilik qochoqlar Makedoniyada.
To'liq holda ko'ringShow less
12/12Qochqinlar Germaniyaga yetib kelmoqda.
To'liq holda ko'ringShow less
Previous slide
Next slide
Bundan tashqari, politsiya chegaradan noqonuniy o'tib Vengriyada yashayotgan har qanday muhojirni qo'lga olib, deportatsiya qilishga haqli. Avvallari faqat sarhadlar yonida ushlangan insonlar chiqarib yuborilgan.
Yuzlab migrantlar Serbiyada, xilvat, tashlandiq imoratlar, chodirlarda jon saqlaydi. Ko'pi Vengriya huquq-tartibot xodimlaridan jabr ko'rganini aytadi.
Vengriya hukumati da'volarni rad etmoqda. Biroq huquq tashkilotlari zug'umlarni xatlab, dalillar jamlagan.
Budapesht Yevropa Ittifoqi sarhadlarini himoya qilayotganini da'vo qiladi. Vengriya xalqi bu qarorni yoqlamoqda, deya ta'kidlaydi hukumat.
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.