Vashington choyxonasi: muhojirlar uchun qanday imtiyozlar bor?

  • Amerika Ovozi

Avvalgi dasturlarimizdan birida “Grin karta” haqida fikr yuritgan edik, unga hujjat topshirish va hujjat topshirgandan so’ng nimalar bo’lishi haqida gaplashganimizdan so’ng o’quvchilarimizdan ko’plab maktublar va savollar oldik. "Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi mavzusini ham mana shu muhojirlar masalasining davomi desak bo’ladi.

Bu safar “Grin karta”ni qanday qo’lga kiritish haqida emas, balki “Grin karta”ni yutib Amerikaga kelganingizdan so’ng yoki shu yerda o’qib yoki yashab AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritganingizdan keyin bu o’lkada sizga qanday imtiyozlar beriladi, qanday yordam dasturlaridan foydalanishingiz mumkin, shular haqida gaplashamiz.

Amerikaga ilk bor kelgan muhojirlar, xususan, o’zbekistonliklar boshida, albatta, yordamga muhtoj bo’ladi. Til bilmaydi, moliyaviy ahvoli yaxshi bo’lmaydi. AQShga kelib joylashish, uy-joy va ish topishda, albatta, kimningdir yordamiga muhtoj bo’ladi. Bizga kelayotgan eng ko’p savollar ham shu haqda: AQShga borsam menga uy-joy topib berishadimi, kim kutib oladi, qanday yordam olishim mumkin va hokazo.

AQSh hukumati sizga uy-joy topib bermaydi yoki ish topishda bevosita yordam ko'rsatmaydi, ammo turli moddiy va ijtimoiy ko'mak dasturlari bor. Quyidagi videoni tomosha qilsangiz, shu haqda batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG