19-yanvardan G’azo sektorida sulh kuchga kirdi. Uzoq tortishuvlardan so’ng AQSh, Qatar va Misr vositachiligida erishilgan tinchlik kelishuviga Isroilda 8 vazir qarshi ovoz bergan, 24 vazir uni ma’qullagan.
XAMASning 2023-yilning oktabrida Isroil janubiga bostirib kirishi oqibatida 1100 dan oshiq odam halok bo’lgan, taxminan 250 kishi garovga olingan edi. “AP” axborot agentligiga ko’ra, ulardan qariyb 100 nafari hamon tirik.
Bu hujum ortidan Isroilning G’azodagi urushida, mahalliy manbalarga ko’ra, 46 mingdan ziyod falastinlik halok bo’ldi. Rasmiylarning aytishicha, o’lganlarning yarmidan ko’pini ayollar va bolalar tashkil etadi.