Breaking News

Ayova shtati prezidentlikka nomzod etib kimni tanladi?

Texas shtatidan Ted Kruz Ayova respublikachilari ma'qul ko'rgan nomzod
1/16 Texas shtatidan Ted Kruz Ayova respublikachilari ma'qul ko'rgan nomzod
Donald Tramp oilasi bilan saylovchilar oldida
2/16 Donald Tramp oilasi bilan saylovchilar oldida
Hillari Klinton tarafdorlari bilan
3/16 Hillari Klinton tarafdorlari bilan
Ted Kruz qizi bilan
4/16 Ted Kruz qizi bilan
Berni Sanders saylovchilar oldida
5/16 Berni Sanders saylovchilar oldida
Marko Rubio saylovchilar ko'nglini ovlamoqda
6/16 Marko Rubio saylovchilar ko'nglini ovlamoqda
Donald Tramp saylovchilar bilan
7/16 Donald Tramp saylovchilar bilan
Hillari Klinton qizi bilan saylovchilar oldida
8/16 Hillari Klinton qizi bilan saylovchilar oldida
Mayk Xakabi saylovchilar orasida
9/16 Mayk Xakabi saylovchilar orasida
Ted Kruz saylovchilar orasida
10/16 Ted Kruz saylovchilar orasida
Respublikachilarning ovozi
11/16 Respublikachilarning ovozi
Respublikachilar kengashi
12/16 Respublikachilar kengashi
Saylovchilar
13/16 Saylovchilar
Saylovchilar
14/16 Saylovchilar
Ted Kruz respublikachilardan nomzod bo'lishi kerak, deydi Ayova shtati konservatorlari
16/16 Ted Kruz respublikachilardan nomzod bo'lishi kerak, deydi Ayova shtati konservatorlari
Previous slide
Next slide

Oq uy uchun kurashayotgan arboblarni saralash jarayoni boshlandi. Ayova shtati respublikachilari nazarida, Texas shtatidan senator Ted Kruz prezident bo'lish uchun munosib. Demokratlar orasida esa Hillari Klinton eng ko'p ovoz olgan.

Oldinda qolgan shtatlarda partiyaviy saylovlar. Ikki yirik partiyadan yagona nomzod kim bo'ladi, buni yozga borib bilamiz.

Reytinglarda respublikachilardan milliarder Donald Tramp, demokratlardan esa Hillari Klinton birinchi ketmoqda, ammo har ikkisi jiddiy raqiblar bilan yuzma-yuz.

Tramp va Florida shtatidan senator Marko Rubio Kruz bilan bellashishda davom etadi, chunki ularning har biri salmoqli ovoz olgan.

Bugun ovoz berishga kelganlarning aksariyati Vashingtondan norozi. Federal hukumat xalq dardini tushunmaydi, siyosatchilar aholi manfaatlari uchun kurashmaydi, yangi prezident vaziyatni o'zgartirishi kerak, deydi har ikki partiya a'zolari.

Respublikachilar muammolarda asosan Prezident Barak Obama va uning partiyasini ayblaydi. Demokratlar aybni bevosita Oq uyga qo'ymasa-da, o'z partiyalarini siyosiy nayrangbozlikda, lo'ttibozlik va safsatada tanqid qiladi.

Bugun ovoz bergan har 10 demokratning olti nafari kelasi rahbar Prezident Obamaning ishlarini davom ettirishi kerak deb hisoblaydi.

Yoshlar orasida sotsialist-demokrat Berni Sandersning nufuzi baland. Klinton xonim ular nazarida siyosatni kasb qilib olgan va ulkan o'zgarishlar qila olmaydi. Lekin Sanders yutqazgan taqdirda ular umumiy saylovda Klinton uchun ovoz berishga tayyor.

Kruzga nisbatan yetakchi respublikachilar orasida tanqid kuchli. Ular senatorni tizimni tubdan o'zgartirib, parokandalikka yetaklashi mumkin bo'lgan siyosatchi sifatida ko'radi. Biroq konservator liderlar Tramp haqida ham ijobiy fikrda emas. Lekin ommaviy so'rovlarda aksariyat respublikachilar uni ma'qul ko'rishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG