Breaking News

Eron: G’arbning sanksiya, tahdidlariga javob bera olamiz


Eron: G’arbning sanksiya, tahdidlariga javob bera olamiz
Eron: G’arbning sanksiya, tahdidlariga javob bera olamiz

Eron oliy rahnamosi Oyatulla Ali Xomayniy G’arb sanksiyalari va tahdidlari javobsiz qolmaydi, demoqda.

AQSh matbuotiga ko’ra, Mudofaa vaziri Leon Panetta shu hafta qilgan bayonotida Isroil yaqinda Eronga zarba bersa, ajabmas, degan.


Panetta nazarida Isroil islomiy respulikani yadroviy qurol yaratish yo’lidan qaytarish uchun bahoridayoq hamla qilishi mumkin, deya xabar beradi “Washington Post” nashri.

Qo’shma Shtatlar Isroilni musht ko’tarmaslikka undab keladi.

Xalqaro hamjamiyat joriy etgan iqtisodiy sanksiyalar ish berayapti va harbiy chora erishilgan yutuqlarni puchga chiqarishi mumkin, deydi Obama ma’muriyati.

Oyatulla Ali Xomayniy
Oyatulla Ali Xomayniy
Lekin, tahlilchilar fikricha, Isroil hujumni amalga oshirgan taqdirda, Amerika nima qilarini hali aniq belgilab olmagan.

Eron diniy peshvosi “hech kimdan qo’rqmaymiz, sanksiyalar yadroviy izlanishlarga zarracha ta’sir qilmaydi” deb chiqdi.

“Bu jazolar bizni kuchliroq, mustaqilroq qiladi. Biz Isroilga qarshi tura olgan har qanday guruh va davlatni qo’llab-quvvatlaymiz”, deydi u.

G’arb Tehronni ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda ayblaydi, biroq har safar tadqiqotlar tinch maqsadni ko’zlaydi, degan javob oladi. Ekspertlar Eronning asl maqsadlarini bilish qiyin, chunki bu kabi ilmiy amaliyotlar ham qurol yaratishda, ham tibbiyot sohasida qo'llanishi mumkin.

Xalqaro bosimga javoban Eron Xo’rmuz bo’g’ozini yopishini bildirmoqda.

Region nefti shu yerdan chetga sotiladi va bo’g’oz to’silsa, qora oltin narxi oshib, shundog’am zaif jahon iqtisodiyoti ziyon ko’rishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG